Maktab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, mil. av. → miloddan avvalgi (2), -a.da → -asrda (3) using AWB
File
Qator 1:
[[File:Anker_Die_Dorfschule_von_1848_1896.jpg|thumb|Albert Anker (1896)]]
 
'''Maktab''' - [[o'qituvchi]] rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi.
Oʻzbekistonda maktab, asosan, davlat mulki bo'lib, unda o'qish bepuldir. Shu bilan birga oliy o'quv yurtlarida o'qish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasining]] [[1997]]-yilda qabul qilingan «Ta`lim to'g'risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida ta`lim [[oʻquvchi]]larning ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda o'quvchi va [[talaba]]lar uchun uzliksiz tarzda ta`limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o'tish ta`minlangan. Boshlang'ich va O'rta maktablarda ta`limning asosiy shakli - dars, o'rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda - leksiya.