Kubroviylik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, 1 y. → 1 yil, -a. → -asr (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kubroviylik''' — [[tasavvuf]] tariqati. 13-asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, oʻziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy taʼlimotiga koʻra, inson oʻz mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam boʻlgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin oʻziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yoʻlini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun maʼlum riyozatli yoʻllarni oʻtishlari zarur. Bu yoʻlda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi oʻnta talab ("Oʻnta usul") da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi boʻlib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bagʻishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanak-kal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, moʻʼtadillik, tuban mayllardan ozod boʻlish; oʻzlat — tanholikda boʻlish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad soʻrash, u sari qalban intilish; sabr — solikning oʻz eʼtiqodi, niyatini sivashi. Haq yoʻlining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga gʻarq boʻlish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam boʻlinganini eslab xayolga choʻmish, Haq taolo rahm-shafqatini koʻtib turish; zikr — Allohning ismini tildan qoʻymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, oʻzini butkul uning irodasiga topshirish va bundan hoʻzurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi.
 
Kubro ilohiy maʼrifatni sufiy faqat foniylik holatida, yaʼni butkul oʻzligini yoʻqotib idrok eta oladi, degan fikrga eʼtiroz bildiradi va Juvayd Bagʻdodiyning "sahv" (hushyorlik) yoʻlini toʻtib, tafakkuriy-aqliy bilimga eʼtiborni qaratadi. Bunday yoʻlni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham maʼqullagan.