Stalingrad jangi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
 
'''Stalingrad jangi''' — [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] davridagi eng yirik janglardan biri (1942 yil 17.7 – 1943 yil 2.2). Stalingrad atrofi va shahar ichidagi mudofaa janglarida (18 noyabrgacha) Stalingrad (marshal S. K. Timoshenko, 23 iyuldan generalleytenant V. N. Gordov, 9 avgustdan generalpolkovnik A. I. Yeryomenko), Janubiy-Sharqiy (7 avgust – 27 sentabrda general-polkovnik A. I. Yeryomenko) va Don (28 sentabrdan; generalleytenant, 1943 yil 15 yanvardan generalpolkovnik K. K. Rokossovskiy) frontlarining sovet qoʻshinlari qattiq qarshilik koʻrsatib, nemis fashistlarining 6-dala va 4-tank armiyalari hujumini toʻxtatdi. 19–20 noyabrda Jan.Gʻarbiy (22 oktabrdan; generalleytenant, 7 dekabrdan generalpolkovnik N.F. Vatutin), Stalingrad (28 sent.dan; generalpolkovnik A. I. Yeryomenko) va Don frontlarining sovet qoʻshinlari hujumga oʻtib, Stalingrad atrofida dushmanning 22 diviziyasi (330 ming kishi)ni kurshab oldilar. Dekabrda sovet qoʻshinlari dushmanning kurshab olingan gruppirovkani qutqarish uchun qilgan harakatlarini qaytarib, uni tormor keltirdi. 31 yanvar – 2 fevralda nemis fashistlari 6armiyasining qoldiqlari (91 ming kishi) generalfeldmarshal F. Paulyus boshchiligida asir tushdilar. Stalingrad jangidagi galaba juda katta siyosiy, strategik va xalqaro ahamiyatga ega boʻldi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20S%20harfi.pdf S-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>