Jaloliddin Manguberdi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Jaloliddining
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
 
== Biografiya ==
Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni [[Gʻazna]], [[Bomiyon]], Gʻur, Bust, Takinobod, [[Zamindavor|Zamindovar]] va [[Hindiston]] hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq [[Turkon xotun]] va [[qipchoq]] amirlarining qatiy noroziligi sababli [[Oʻzloqshoh|Qutbiddin Oʻzloqshoh]] foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang [[Irgʻiz daryosi boʻyidagi ekangjang|Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang]]). [[Chingizxon]] boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari [[Movarounnahr]]<nowiki/>ga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, [[Samarqand]]<nowiki/>ga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad [[Kaspiy dengizi]] boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari [[Oqshoh]] va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga [[Koʻhna Urganch|Gurganj]] mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi [[Temur Malik]] boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]]<nowiki/>ga yoʻl olgan. [[Niso]] shahri yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etdi, bir oydan soʻng [[Gʻazna]] tomon yurdi. Yoʻlda unga [[Hirot]] voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshildi. [[Qandahor]]<nowiki/>ni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. U Gʻaznaga 1221 yil keldi. Bu yerda unga [[Xalaj|xalaj qabilasi]] boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, [[Balx]] voliysi Aʼzam malik, [[afgʻonlar]] sardori Muzaffar malik, [[qarluqlar]] boshligʻi Hasan Qarluq kelib qoʻshildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.
 
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi [[Shiki Xutuxu]] noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi [[Parvon jangi]]<nowiki/>da Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.