Saroy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Saroy''' — oʻzbeklar tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi.
 
Saroylar etnik birlashma sifatida XIV—XV asrlar davomida [[Dashti Qipchoq]]da shakllangan boʻlib, XVI asrda boshqa oʻzbek qabilalari bilan hozirgi [[Oʻzbekiston]] hududiga kelib joylashgan. Saroylarning kichik bir guruhi qozoqlarning [[argʻin]] qabilasi tarkibida ham mavjud boʻlgan. 1924—1926 yillarda oʻtkazilgan aholi roʻyxatida Oʻzbekiston hududida yashovchi saroylarning soni 50 mingdan ortiq boʻlib, ulardan 18 ming kishi [[Buxoro vohasi]]da (Harqonrud, Vobkentdaryo, Shahrud, Sultonravot, Poykend, Pirmait ariqlari boʻylab), 20 ming kishi [[Karmana vohasi]]da, Narpay va boshqa ariqlar boʻyida yashaganlar. Saroylarning katta bir qismi (15,5 ming kishi) [[Qashqadaryo vodiysi]]da ([[Shahrisabz vohasi|Shahrisabz]] va [[Qarshi vohasi|Qarshi vohalarida]], [[Samar togʻi]]ning janubiy yon bagʻirlarida, [[Qashqadaryo]]ning yuqori oqimida) yashashgan. Saroylarning ayrim guruhlari [[Jom choʻli]]da (6 ming), [[Koʻhitang togʻi]] yon bagʻirlarida (1 ming), [[Miyonkol]]da (3 ming), [[Samarqand]]ning janubi-gʻarbida (1,5 ming), [[Nurota togʻi]]ning janubi yon bagʻirlarida (3 ming), [[Jizzax]] atrofida (1,7 ming) yashagan. Saroylarning kichik guruhlari [[Fargʻona vodiysi]]da hamda [[Afgʻoniston]]da, [[Mozori Sharif]] va [[Balx]] atrofida istiqomat qilganlar.
 
Saroylarning tarkibida bir qancha kichik va katta qabilalar mavjud boʻlgan. Masalan, azsaroy, qipchoqsaroy, qirgʻizsaroy, naymansaroy va boshqalar. Bularning har biri, oʻz navbatida, yana bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Yuqorida keltirilgan boʻlim (qabila) nomlaridan maʼlumki, saroylar tarkibiga saroy boʻlmagan juda koʻp boshqa etnik guruhlar (az, majar, qipchoq, qirgʻiz, qoʻngʻirot, va boshqalar) kirgan. Saroylar XX asrning boshlarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy oʻzgarishlar sababli birbiri bilan aralashib oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>