Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
Xatolikni to'g'rladim Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 3:
Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi.
Oliy taʼlim uzoq tarixga ega boʻlib, u dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun Oliy taʼlim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi asarlarini oʻrganar edilar. Platon (miloddan avvalgi 428—348 yil), Aristotel (miloddan avvalgi 384—322 yil) singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va
Musulmon Sharqining koʻp mamla-katlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki Oliy taʼlim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renes-sansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Gʻarb mamlakatlarida
Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy taʼlim Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 yil 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida Oliy taʼlim tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.
Qator 13:
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.
Oliy taʼlim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni
Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi (qarang [[Sirtqi taʼlim]]). OʻzRda Oliy taʼlim tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy taʼlimda oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi Oliy taʼlimda taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy taʼlimning imtihon sessiyalari har bir oʻquv yurtining imkoniyatiga
Krzoqboy Yoʻldoshev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|