Hayo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Хатони тогирладим
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.139.137.88 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Hayo''' — axloqshunoslik tushunchasi. Muhim axloqiy meʼyor, ayni paytda xulqiy goʻzallikning asosiy belgilaridan biri. H. uyat hissi bilan oʻxshash boʻlsa-da, aslida andisha va iboga yaqin fazilat tarzi.sa namoyon boʻladi, u nafosat bilan uygʻunlashib ketadi. Uyat hissida insonning oʻzi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshi-rilgan axloqiylikka zid xatti-hara-katlaridan noqulay vaziyatga tushish, oʻngʻaysizlanish holati paydo boʻladi, bu holat xattiharakat sodir etgandan soʻng ham davom etadi va koʻp hollarda vijdon azobini qoʻzgʻatadi. H.da esa mazkur holatlar sof maʼnaviy xarakterga ega boʻlib, ular xatti-harakat sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi.
 
 
Карочеее, ребяят, просто ведите себя достойно. Будьте человечными, воспитанными, если вас не воспитали родители, воспитайте сами себя!
 
H.ning insoniy sifat tarzidagi mavjudligi hayolilik boʻlib, kishining maʼnaviyatli, maʼrifatli, nomusli, ochiq koʻngilli ekanini anglatadi, uning ziddi — behayolik (hayosizlik) esa, aksincha, maʼnaviyatsizlik, nopoklikka moyillik, qalbi qattiqlik, vijdonsizlik kabi illatlar bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda turli nivilizatsiyalarning oʻzaro aloqalari, baʼzan esa omuxtalashuvi, urbanizatsiya, modaparastlik singari zamonaviy ijtimoiy hodisalar H.lilikka maʼlum maʼnoda salbiy taʼsir koʻrsatayotir, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning oʻzini tutishi-da, muomalasida, kiyinishida bu taʼsirni yaqqol sezish mumkin. Oiladagi va maktabdagi tarbiyada H.li boʻlishlik — xulqiy goʻzallik, nazo-kat ekani, behayolik — xulqiy xunuklik va qoʻpollik ekanini uqtirish, shaxs erkinligi doimo oʻzgalar oldidagi masʼuliyat bilan bogʻlikligini tushuntirib borish muhim vazi-falardan biridir.