Oʻzbek milliy akademik drama teatri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Oʻzbek milliy akademik drama teatri''' — Oʻzbekistonda yangi sahna sanʼatini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913 yil Toshkentda tashkil topib, 1914 yilning 27 fevralfevrali
 
da M.Behbudiyning "Padarkush" asari bilan ochilgan (jadidlarning "Turon" nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiylarnihomiylari Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning moʻʼtabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat boʻlgan. Truppada "Toʻy" (N.Qudratilla), "Baxtsiz kuyov" (A.Qodiriy), "Advokatlik osonmi?" (A.Avloniy), "Mazluma xotin" (H.Muin), "Pinak", "Oʻliklar" (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918 yil "Turon" truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga "davlat teatri" maqomi berildi. Badiiy rahbari va rej.irejissori etib Mannon Uygʻur tayinlandi.
 
1918—21 yillar Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Badriddin Aʼlamovlar boshchiligidagi Abror Hidoyatov, Abdurahmon Akbarov, Fatxulla Umarov, Karim Yoqubov, Shokir Najmiddinov, Muzaffar Muhamedov, Mahsuma Qoriyeva, Yatim Bobojonov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Bosit Qoriyev singari teatr kelajagiga yoʻl ochgan aktyorlar repertuarini taʼminlagan Abdurauf Fitrat, Gʻozi Yunus, Choʻlpon, Xurshid va boshqalar dramaturglarning xizmatlari katta. "Fanniy uy" (Uygʻur), "Zaharli hayot", "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Iffat qurbonlari" (Hamza), "Yomon oʻgʻil", "Erk bolalari" (Gʻ.Zafariy), "Zaxokki maron" (Gʻ.Yunus), "Chin sevish", "Hind ixtilochilari" (Fitrat), "Yorqinoy", "Xalil farang" (Choʻlpon) va boshqalar teatr repertuaridan oʻrin oldi. Teatr sahnasida drama, musiqali drama, bolalar teatri yoʻnalishlari vujudga keladi. Bu jarayon 1929 yil teatrdan drama, musiqali drama, yosh tomoshabinlar davlat teatrlari ajralib chiqishi bilan yakunlandi.