Anushteginiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 183:
== Tarixi ==
Anushteginiylar [[sulola]]sining vakili, [[Anushtegin]]nnng oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (? -[[1127]]) [[1097]]—1127 yillarda Xorazmni boshqardi. [[Ota]]si [[vafot|vafoti]]dan keyin [[saljuqiylar davlati|saljuqiylar]]ning Xurosondagi isyonkor [[noib]]i amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va [[xorazmshoh]] [[unvon]]ini olgan (1097). Anushteginiylar-xorazmshohlar sulolasining [[tarix]]i aslida utbiddin Muhammaddan boshlanadi. [[1100]]-yil saljuqiylar [[sulton]]i [[Barqiyoruq]] va ukasi [[Sanjar]] Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm [[hokimlik|hokimligi]] mansabida qoldirib tasdiqlagan.
Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton [[saroy (qasr)|saroy]]iga borib turgan, Sanjar olib borgan [[jang]]larda oʻz [[qoʻshin]]i bilan qatnashib, [[xiroj]], [[oʻlpon]]larni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad oli-mu fuzalolarga [[homiylik]] qilgan [[adolat|ado-lat]]li hukmdor boʻlgan. [[Jurjoniy]]ning [[tabobat]]iga oid "Zahirayi xorazmsho-hiy" [[asar]]i Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.
 
== Mo'g'ullarning istilosi va Xorazmning qulashi ==