Layli va Majnun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: “Layli va Majnun”da ishq Majnun va Layli komillikda vahdatni-yagona- yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda jis...
 
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
 
==“Layli va Majnun”da ishq==
Majnun va Layli komillikda vahdatni-yagona- yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda jismoniylik emas, balki ma’naviylik yetakchi mavqyeni egallaydi. Bunday yuksak darajadagi xos ishqni tushinmaydiganlar Majnun va Layli ishqi mohiyatini ham tushinmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor.
 
Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qo’lini cho’zganlar ham borligini Navfal obrazi misolida ko’rsatadi. Chunki:
<pre> Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila bum…
Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,
G’am dashti aro yugurgan erdi.</pre>
(MAT, 9-tom, 152-153-betlar).
 
Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar o’rtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga ko’tarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining o’zaro ishqi Alisher Navoiy ta’riflagan «avom ishqidurkim, …derlar: «falon falonga oshiq bo’lubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…»
(MAT, 14-tom, 67-bet).
 
Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urg’u beradi, chunki bu martaba komillik martabasi bo’lib, unda «pok ko’zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngul ul pok yuz oshubidin ko’zg’olmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq»dir (MAT, 14-tom, 68-bet)
Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon qiladi:
 
Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon qiladi:
<pre> Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Qator 24 ⟶ 29:
Har kim o’qumoqdin etsa ma’lum.
Har ne ki o’qur taammul etsa,
Degan g’arazim taxayyul etsa.</pre>
(MAT, 9-tom, 310-312-betlar).
Shunday qilib, Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi ikkinchi – «Farhod va Shirin», uchinchi – «Layli va Majnun» dostonlari haqida umumiy yo’nalish tarzida mulohaza yuritdik. Agar diqqat bilan qaralsa, bu ikki dostonni bir-biriga yaqinlashtiruvchi mushtarak mavzu – komil inson mavzusi bor. Bu mavzu ularni bir-biriga bog’labgina qolmaydi, balki mavzuning har bir dostonda o’ziga xos tarzda yoritilishi ularning uslubiy o’ziga xosliklarini namoyon etadi, ya’ni «Farhod va Shirin»da bu mavzu ijtimoiy faollik ko’lamida yoritilsa, «Layli va Majnun»da esa asosan ishq maydonidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur tasviri orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi.
 
Demak, Alisher Navoiy bu dostonlarda bir mavzuni ikki yo’nalishda davom ettirib, uning ko’p qirrali ekanini ko’rsatishga , badiiy timsollar, voqyealar, hikoyatlar orqali tasvirlashga katta mahoratini namoyon etgan.