Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 24:
 
== Temuriylarga bagʼishlangan asarlari ==
Muhammad Ali ijodida [[Amir Temur]] davri va shaxsini yoritish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan [["Gumbazdagi nur"]] (19671968) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. [["Sarbadorlar"]] roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan [["Ulug' saltanat"]] epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda epopeyaning birinchi kitobi [["Jahongir Mirzo"]] e'lon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib [[Istanbul]], [[Turkiya]]da bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob [["Umarshayx Mirzo"]] (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob [["Mironshoh Mirzo"]] romani esa 2010-yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning so'nggi romani [["Shohrux Mirzo"]] yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida ta'kidlash kerak.
 
== "Abadiy sog'inchlar" roman-xronikasi ==