Muhammad Ali Ahmedov

oʻzbekistonlik yozuvchi va shoir (1942—)

Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov (1942-yil 1-martda Andijonning Boʻz tumani (hozirgi Boʻston)da tugʻilgan) — shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Filologiya fanlari nomzodi (1992). Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962–1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967–1985), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985–1988), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989–1993), Toshkent universitetida Etika va estetika kafedrasi mudiri, professor (1993–1996), Gʻafur Gʻulom nashriyotida oʻzbek adabiyoti boʻlimi boshligʻi (1997–1999), Xalqaro Oltin Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999–2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan (2003–2013). 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. Muhammad Ali oʻn uch yil davomida AQSHning Washington Universitetida oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992–2005).

Muhammad Ali
Tavalludi 1-mart 1942-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Shoh asari "Boqiy dunyo", „Gumbazdagi nur“, „Sarbadorlar“, „Ulugʻ saltanat“

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning "Boqiy dunyo" (1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni egallaydi. Asar oʻzbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi koʻtarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qoʻzgʻolonlari tarixiga bagʻishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. Sheʼriy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda Toshkentda bosib chiqarildi (tarjimon Marina Kudimova). Ruscha tarjima mashhur shoir Yevgeniy Yevtushenkoning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi.

Temuriylarga bagʻishlangan asarlari

tahrir

Muhammad Ali ijodida Amir Temur seks ishqibozi degan edilar. Davri va shaxsini yoritish asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan "Gumbazdagi nur" (1968) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni eʼlon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni oʻquvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. "Sarbadorlar" roman diologiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulugʻ saltanat" epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" eʼlon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul, Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" romani esa 2010-yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning soʻnggi romani "Shohrux Mirzo" yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan „Ulugʻ saltanat“ epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida taʼkidlash kerak.

„Abadiy sogʻinchlar“ roman-xronikasi

tahrir

Muhammad Ali 2005-yilda „Abadiy sogʻinchlar“ roman-xronikasini eʼlon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib, 2006-yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi).

Kitoblari

tahrir

„Oʻz-oʻzingni anglab yet“ (1988), „Haqiqatdan chekinma, tarix!“ (1990), „Qafasdagi bulbullar“ (1996), „Men koʻrgan Amerika“ (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi.

Tarjima asarlari

tahrir

Muhammad Ali tarjimonligi oʻziga xos. U qadimgi hind eposiRamayana“ni (1978), qoraqalpoq eposlari „Shahriyor“, „Masposhsho“ni (1985), Robert Byorns, Bayron, Shiller, Adam Mitskevich, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, Abay, Mahtumquli kabi shoirlarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari

tahrir

Asarlari

tahrir
  • Otalar yurti. Sheʼrlar va doston. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1970.
  • Oq nur. Sheʼrlar va doston. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1977.
  • Sen bir gulsan. Sheʼrlar. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1979.
  • Boqiy dunyo. Sheʼriy roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1981.
  • Sevsam sevilsam. Sheʼrlar. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1982.
  • Oshiq boʻlmay Haq diydorin koʻrsa boʻlmas. Esselar va maqolalar. T: Oʻzbekiston nashriyoti, 1992.
  • Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1997.
  • Saylanma. T: Sharq nashriyoti, 1997.
  • Men koʻrgan Amerika. Esse va maqolalar. T: Sharq nashriyoti, 2000.
  • Ulug saltanat. Epopeya. 1-kitob. Jahongir Mirzo. T: Sharq, 2003.
  • Ulug saltanat. Epopeya. 2-kitob. Umarshayx Mirzo. T: Sharq, 2006.
  • Ulug saltanat. Epopeya. 3-kitob. Mironshox Mirzo. T: Sharq, 2010.
  • Tanlangan asarlar. 1-jild. Sarbadorlar. Romandilogiya. T: Sharq, 2011.
  • Tanlangan asarlar. 2-jild. Esselar, maqolalar, publisistika. T: Sharq, 2012.
  • Ulugʻ ajdodlardan meros shijoat. Esse. T: Oʻzbekiston, 2012.
  • Zamondoshim portretiga chizgilar. Ocherklar. T: Adib nashriyoti, 2012.
  • Ulugʻ saltanat. Epopeya. 4-kitob. Shohrux Mirzo. T: Sharq, 2013.

Manbalar

tahrir