Ramayana: Qadimgi hind eposi
„Ramayana: Qadimgi hind eposi“ — „Ramayana“ hind xalq dostonining oʻzbekcha tarjimasi. Valmiki yozgan deb taxmin qilinadigan dostonni oʻzbek tiliga Muhammad Ali tarjima qilgan. Oʻzbekcha tarjima 1978-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Dostonda Quyosh sulolasiga mansub afsonaviy shoh Ramaning qahramonliklari, uning zulm va adolatsizlikka qarshi kurashi haqida hikoya qilinadi. „Ramayana“ 7 kitobdan iborat boʻlib, 1–7–kitoblar til va mazmun jihatdan boshqalaridan farq qiladi. Shu sababdan ayrim olimlar asarga keyinchalik qoʻshimchalar qilinganiga ishonadi.
Muallif(lar) | Valmiki |
---|---|
Tarjimon(lar) | Muhammad Ali |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | doston |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1978 |
Oʻzbekcha tarjima boshida Vohid Zohidov kirish soʻz yozgan. Muhammad Ali tarjimasi asarning ilk va yagona oʻzbekcha tarjimasidir. Muhammad Ali dostonni rus tilidan tarjima qilgan. Muallif 1992-yil „Ramayana“ dostoni poetikasini oʻzbek tiliga oʻgirish mavzusida filologiya fanlari nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiya yozgan[1].
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Qosimov – muharrir, I. Kiriakidi – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 20 000 nusxa.
Manbalar
tahrir- ↑ „„Ramayana“ poetikasining oʻzbekcha tarjimada talqini“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.