Immunologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Immunologiya''' (immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fan; organizmning genetik jihatdan unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari. Immunitetning umumbi-ologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlarining nasldannaslga oʻti-shini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini, ularning oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini, immunologik kasalliklarningg oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filoge-nezi va ontogenezini oʻrganish — I. ning nazariy yoʻnalishlaridir.
 
E. Jenner odamga sigir chechagini emlab, odamni chin chechakdan saqlash usulini ishlab chikdi (1769). L. Pas-ter tovuklarni vaboning eski kulturasi bilan immunlab, ularni yuqori virulentli mikrobga chidamli qilish mumkinligini aniqladi (1880). Bu kashfiyotlar I. ning mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. I. I. Mechnikov fagotsitozni kashf etdi (1887) va immunitetning hujayra (fa-gotsitar) nazariyasini ishlab chikdi. Organizmga kiritilgan mikroblarga javoban antitelolar ishlanishi nemis bakteriologi E. Bering va hamkorlari tomonidan aniqlandi (1890). Nemis olimi P. Erlix immunitetning gumoral nazariyasini ilgari surdi (1898, 1900). Organizmga begona eritrotsitlar va zardob oqsillari kiritilganda ham antitelolar hosil boʻlishini belgi-yalik olim J. Borde bilan rus olimi N. N. Chistovich anikdadi (1898—99). Bu kashfiyot odamning kon guruxlarini kashf etdi (1900) va toʻqima izoantigenlari haqidagi taʼlimotga asos soldi. I. kimyo, genetika, fiziologiya, radiobiologiya va biol. hamda tibbiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy boglangan holda tez rivojlandi. Hoz. I. ning quyidagi yoʻnalishlari bor.