Gravimetriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 5:
1971-yilda Xalqaro gravimetrik sistema qabul qilingan. Unga koʻra ogʻirlik kuchining formulasi 1967-yildagi gravimetrik va sunʼiy yoʻldoshlar kuzatishlari majmuasi asosida hisoblangan doimiylar bilan birga quyidagi koʻrinishga ega: u =978031,8(1+0,005302sin2(p -0,0000059sin22(p) mGal.
 
Yer ogʻirlik kuchi maydoni normal tashkil qiluvchisining toʻliq oʻzgari-shi = 5,2 Gal. Yerda ogʻirlik kuchi anomaliyalari (2—4) 102 mGal ga yetadi, markazdan qochma kuch hisobiga ogʻirlik kuchi oʻzgarishi =3,3 mGal, Yerning bosiqligi tufayli ogʻirlik kuchi oʻzgarishi =1,8 mGal, ogʻirlik kuchinig balandlik boʻyicha oʻzgarishi 1 m ga 3-10~’ mGal, Oy — Quyosh gʻalayonlanishlarining eng katta qiymati =2,4-10 ʻ mGal.
 
G. yordamida neft-gaz tuzilmalari, boyliklari izlanadi va tekshiriladi. Yerning deformatsiyasi Yerning qovushoqlik xususiyatlariga bogʻliqdir. Ushbu deformatsiyalarni oʻlchash orqali Yer ichki qatlamlarining qovushoqligi hamda ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan r-nning gravitatsion maydoni qiymatlarining oʻlchovlari yigʻindisi gravimetrik sʼyomkadir. Gravimetrik sʼyomkada mayatnikli asboblar, gravimetrlar, gravitatsiya variometrlaridan foydalaniladi. Toshkent astronomiya rasadxonasida 1901-yildan boshlab gravimerik tadqiqotlar olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan.