Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatolikni to'g'rladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 9:
Gʻarb mamlakatlarida 11—12-asrlarga kelib zamonaviy maʼnodagi Oliy taʼlim tizimining dastlabki koʻrinishlari vujudga kela boshladi. Uygʻonish davrida mat., mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar Oliy taʼlimning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab boʻldi. Fan, texnika, madaniyat va sanʼatning rivojlanishiga mutanosib ravishda Oliy taʼlim ham taraqqiy etib bordi.
 
Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy taʼlim Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 -yil 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida Oliy taʼlim tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.
Qator 24:
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->