Linch sudi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
JAnDbot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: tr:Linç
k Tasvir:Kkk-carpetbagger-cartoon.jpg
Qator 3:
Sudsiz oʻldirish hamma zamon va hamma xalqlarda tarqalgan, ammo terminning oʻzi hamda alohida ijtimoiy voqea sifatida Linch sudi, rasmiy huquqchilik bilan parallel holda [[XIX]] va [[XX]]-asrda [[AQSH]]da paydo boʻladi. Linch sudining 85%i janubiy shtatlarga toʻgʻri keladi.
 
[[ImageTasvir:800px-Kkk-carpetbagger-cartoon.jpg|thumb|left|Shimolliklar-karpetbeggerlarga osib qoʻyish bilan tahdid soluvchi minnesotalik gazetadagi karikatura [[1868]]. [[AQSHning Demokratik partiyasi|AQSH Demokratik partiyasining]] ramzi boʻlgan eshak Ku-Kluks-Klanning abbreviaturasini olib ketmoqda.]]
 
Linch sudining sistematik praktikaga aylanganini [[1860]]-yillarning ohiriga, [[AQSHda Fuqarolar urushi|Fuqarolar urushidan]] soʻng AQSHning Janubi Shimol tomonidan harbiy bosqinga tortilgan paytga taqash lozim; yerlar shimoliy ishbilarmonlar, karpetbeggerlar tomonidan optom sotib olinardi, urush paytida mutlaq ozod deb eʻlon qilingan [[afroamerikanlar|qora tanli aholi]] esa sobiq xoʻjayinlardan qasd olar edi. Shimoliy bosqinchilarga va ayniqsa ozodlikka chiqqan negrlarga qarshi kurash uchun sudsiz oʻldirishlarni keng praktika qilgan [[Ku-Kluks-Klan]] sirli jamiyati tashkil qilinadi. Bu (Birinchi deb nomlanadigan) Ku-Kluks-Klan shahdlik bilan federal hokimiyat tomonidan [[1870]]-yillarda barbod etiladi, ammo negrlarga qarshi terror toʻxtamaydi. Qullikning oʻrniga qonunchilik bilan tasdiqlangan (Jim Krou qonunlari) [[segregatsiya]] hamda negrlar boʻysunishi lozim boʻlgan yozilmagan etiket keladi. Umumiy qonunga qarshi har qanday jinoyatda sezilgan (oʻldirish, oʻgʻrilik, oqlarni zoʻrlash), Jim Krou qonunlari va yozilmagan qoidalarni buzgan negr linchlashga torttirilishi mumkin edi; koʻp hollarda oʻldirish va zoʻrlashda ayblov yoqtirmagan odamdan qutulish uchun bahona boʻlishi mumkin edi. Linchlashga [[zabastovka|zabastovkalarning]] ishtirokchilari, negr-fermerlar (yerini tortib olish maqsadida) va oq tanlilarning iqtisodiy ishlariga halaqit beradigan boshqa kishilar tortilardilar. Linchlashning choʻqqisi [[1892]]-yilga (151 qurbon), yangi toʻlqin [[1910]]-yillarga toʻgʻri keldi; oʻsha paytda "Millatning uygʻonishi" filmida kuylangan ikkinchi Ku-Kluks-Klan tashkil topadi.