Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
N. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999 -yil 29 mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka. aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999 -yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 19:
Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatanyuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.
 
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553 -yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849 -yil Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861 -yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885 -yilda "Oyl-rivers protekto-rati" (1893 -yildan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906 -yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914 -yil 1 yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
 
Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920 -yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922 -yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944 -yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962 -yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945 -yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958 -yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960 -yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963 -yil 1 oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
 
1964 -yil 30 dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966 -yil 15 yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966 -yil 29 iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999 -yil 20 fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27 fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
 
Milliy bayrami — 1 oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 -yil 11 martda tan oldi va oʻsha yil 28 avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998 -yilda tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998 -yilda tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998 -yilda asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978 -yilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi va iqtisodiyoti ==
Qator 37:
Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.
 
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000 -yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash z-dlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil z-dlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
 
Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz z-dlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400 mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
Qator 51:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
N. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976 -yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 yillik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 yillik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 yillik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 yillik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 universitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka universitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻkish — bepul. Koʻpgina universitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika fakultetlari, institutlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.
 
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977 -yilda tashkil etilgan), Tibbiyot ilmiy tadqiqot kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari instituti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal instituti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari instituti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi instituti (1939), Moordagi Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1924) va boshqa
 
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos universitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va boshqa shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982 -yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964 -yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925 -yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945 -yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968 -yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949 -yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980 -yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965 -yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978 -yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978 -yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976 -yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashu-vi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jurnallar nashr qilinadi.
Qator 79:
 
== Kinosi ==
1945—47 yillarda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960 -yillar boshida rejissyor Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi "Ikki kishi va echki" (1966) dir. "Shaxu Garbay" (1971), "Ikki taqdir" (1972), "Loray bobo" (1973), "Ovu-Arusun" (1974), "Qora maʼbuda" (1977), "Aye" (1979), "Pul hukmronligi" (1981), "Ozodlik uchun" (1981) va boshqa badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->