Livan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sahib1609 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Livan — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926 -yil 23 mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998 -yildan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 16:
Livan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl ([[Jubayl]]), Tir ([[Sur (Livan)|Sur]]), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.
 
Livan 11-asr oxirida salibchilar, 13-asrdan 16-asr boshlarigacha [[Misr]] mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516 -yil Livan Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-asrda amir Faxriddin II butun Livan ni birlashtirdi. 1697 -yildan Livan Shihobiylar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-asr oxiri, 19-asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihobiy Livanni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni [[Turkiya]] hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ittifoqtuzdi. 1861 -yil iyunda xalqaro komissiya ([[Fransiya]], [[Buyuk Britaniya]], [[Avstriya]], [[Prussiya]], [[Rossiya]], Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi. 19-asrning 50—70-yillarida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Livan Gʻarbiy [[Yevropa]] davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918 -yil oktabrda Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922 -yil Livanga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926 -yil mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.
 
1936 -yilnoyabrda milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livan ga mustaqillik berish haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi.
 
Ikkinchi jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940 -yil Livan Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941 -yil 8 iyunda "Ozod Fransiya" harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26 noyabrda u Livan milliy ozodlik harakati talabiga javoban Livan ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943 -yil 22 noyabrdagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945 -yil Livan Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi.
 
Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946 -yil 31 dekabrda Livan hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi.
 
Livan hukumati 1967 -yil iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va boshqa arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yul bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967 -yil 22 noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968 -yildan Livan hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada Livan, ayniqsa, uning janubiy hududlari qattiq zararlandi. 1970 -yil 17 avgustda parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972 -yil oxiri — 1973 -yil boshlari). 1975 -yil apreldan Livanda keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil Livandagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) Livanga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978 -yil Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi. [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat janubga ki-ritildi. Isroilning 1982 -yil tajovuzi natijasida Livan hududining anchagina qismi 1985 -yil gacha egallab turildi. Isroil Livan janubda 10 km ga yaqin kenglikdagi "Xavfsizlik mintaqasi"ni ishgʻol qilib turdi. 1989 -yilda mamlakatda yana qurolli mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996 -yillarda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi.
 
Livan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 -yil 30 dekabrda tan oldi va 1998 -yil 22 oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22 noyabr — Mustaqillik kuni (1943).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950 -yilda umumarab [[Baʼs partiyasi]]ning boʻlimi sifatida tuzilgan; Katoib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936 -yilda asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949 -yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943 -yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958 -yilda asos solingan; Livan kommunistik partiyasi, 1924 -yilda tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958 -yilda asos solingan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 49:
 
==Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari==
1960 -yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, ped. oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan universiteti (1953), Amerika universiteti (1866), Fransiya avliyo Iosif universiteti (1881), Arab universiteti (1960); Juniyada xususiy universitet (1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika universiteti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda).
 
==Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi==
Livanda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Al-Amal" ("Harakat", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1939 -yildan), "AlAnba" ("Xabar", arab tilidagi haftalik gazeta, 1953 -yildan), "Al-Anvar" ("Hyp", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959 -yildan), "Al-Bayroq" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1912 -yildan), "Ad-Diyor" ("Vatan", arab tilidagi haftalik gazeta, 1941 -yildan), "An-Nahor" ("Kun", arab tilidagi kundalik gazeta, 1933 -yildan), "An-Nido" ("Chaqiriq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959 -yildan), "Oryan-jur" ("Sharq kuni", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1971 -yildan), "Revey" ("Uygʻonish", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1908 -yildan), "As-Sayyod" ("Ovchi", arab tilidagi haftalikjur., 1943 -yildan), "At-Tariq" ("Yoʻl", arab tilidagi oylikjur., 1941 -yildan), "Al-Us bua-al-Arabi" ("Arab haftasi", arab tilidagi haftalik jurnal, 1959 -yildan), "Ash-Shaab" ("Xalq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1961 -yildan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962 -yilda tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937 -yilda asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959).
 
== Adabiyoti ==
Qator 68:
 
== Musiqasi ==
Musiqasi — qadimgi boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor. 1956 -yilda Livan musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966 -yil Bayrutda joylashgan Amerika universiteti tarkibidagi Oliy sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. Livan xalq qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966 -yildan boshlab har yili oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari Livan musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega.
 
== Teatri ==
Marosim, bayram va boshqalarda qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari 20-asrning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda Molyer, Shekspir, Gyote va boshqalarning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi Livan drama teatrida jahon mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. Livandagi teatrlar xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965 -yil ochilgan Milliy va Bayrut teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va boshqa teatrlar mavjud.
 
== Kinosi ==
Birinchi badiiy film 1929 -yil suratga olingan. "Baʼlabakka haro-balari ostida" nomli badiiy film, kinojur.lar va hujjatli filmlar 20-asrning 30-yillarida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga olingan. 60-yillarda "Baʼlabakka", "Niyer ist sa-und", "Alasriy" kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi yillarda "Salom, muhabbat!" (rejissyor M. Salmon), "Shayton arava" (rejissyor J. Kan), "Qayrilgan qanotlar" (rejissyor Yu. Maʼluf), "Gung va muhabbat" (rejissyor A. Bahriy) kabi filmlar tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->