Manila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 36:
[[File:Manila Skyline (6774800874).jpg|300px|right]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Manila''' — [[Filippin]] Respublikasi poytaxti. Luson o.ning janubi-gʻarbida, Manila qoʻltigʻi sohilida. Iqlimi subekvatorial iqlim, avgust—sentabrda tayfunlar boʻladi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Katta M. shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yoʻldosh shaharlarni oʻz ichiga olgan konurba-siyani (maydoni 832&nbsp;km²) tashkil etadi. Shahar 16-asrning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. 1574 -yildan Ispaniya mu-stamlakasining maʼmuriy markazi, 1898 -yilda AQSH tomonidan egallangan. 1942—45 yillarda Yaponiya bosib olgan. 1946 -yildan Filippin Respublikasi poytaxti.
 
M. — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Savdo va transport yoʻllari tuguni. M. porti orqali mamlakat importining deyarli hammasi, eksportining yarmidan ortiq qismi oʻtadi (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t atrofida). Katta M.da mamlakat sanoat korxonalarining 2/3 qismi joylashgan. Tikuvchilik, poyabzal, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Universitetlar, Filippin madaniyat markazi (teatr, muzey, badiiy galereya, kutubxonani oʻz ichiga olgan majmua), milliy muzey, San-Tomas muzeyi, filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Intramuros rayonida (sobiq ispan kalʼasi) 16—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>