Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 11:
Qad. podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
 
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. taxminan 2050 -yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan.
 
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan.da — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxminan 1750 -yil mamlakat yana parchalanib ketgan. taxminan 1700 -yil M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580 -yil giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan M. davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim.da Suriya va Falastinni, jan.da — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-asrning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shim.dagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi —12-asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida "dengiz xalqlari" va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
 
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070 -yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
 
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-asrning 2-yarmi —10-asr boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-asr oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi 8-asr 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yil esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yil [[Ax]]om[[aniylar]] davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yil Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan M. — Rim viloyati. Milodiy 395 yil Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 yillarda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .
Qator 21:
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi 28—26-asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10sulola (miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
 
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 -yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]).
 
== Maorifi ==
Qator 48:
Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (balandligi 60 m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (balandligi 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (balandligi 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (balandligi 62 m, asosi 108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda M.ning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.
 
Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va boshqalarni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (miloddan avvalgi 1700— taxminan 1580 -yillar)dan keyin Kds. M. sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, M. boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, miloddan avvalgi 15-asr oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, miloddan avvalgi 16— 12-asrlar va Luqsordagi ibodatxonasi, miloddan avvalgi 15—13-asrlar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir namunalari sifatida hozirgigacha yetib kelgan. Miloddan avvalgi 14-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va boshqalar). Miloddan avvalgi 14-asrning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).
 
Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va boshqa misol boʻlishi mumkin.