Soniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
213.230.118.66 (mun.) tomonidan qilingan 2236043-sonli tahrir qaytarildi
Teglar: Bekor qilindi Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sekund''', sekunda (lot. secunda divisio — ikkinchi boʻlish) — 1) vaqt oʻlchov birligi. s, sek bilan belgilanadi. S. oʻrtacha Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng: 1 sek = 1/60 min = soat. 20-asr 30 yillarida kvars soati yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis harakatlanishi isbotlandi. Shu asosda, Xalqaro astronomiya kengashining tavsiyasiga koʻra, 1960 y.-yil oktyabr oyida Parijda boʻlib oʻtgan 11 Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasi vaqtning asosiy oʻlchov birligi — efemerid S.ning yangi taʼrifini qabul qildi. Unga koʻra, S oʻlchovi qilib 1900tropik yil (qarang [[Yil]]) ning 0yanvar, efemerid vaqt bilan soat 12 dagi 1/31556925,9747 qismi qabul qilindi. Molekulyar va atom soatlari paydo boʻlishi bilan 1967 y.-yil 13Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasida atom S.ining davomliligi qilib, tashqi maydonning toʻlqinlanishi nol boʻlganda yagona barqaror izotop seziy l33Cs atomlarining maʼlum energetik satxlar orasida oʻtishiga mos nurlanishining 9192631770,0 davri olindi (verguldan keyingi nol bu sonning kelgusida oʻzgarmasligini biddiradi); 2) yassi burchak oʻlchov birligi (qarang [[Gradus]]). 60~2 gradusga yoki 60~’ minutga teng , 1 S. (") bilan belgilanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->