Koʻzgu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
[[FileFayl:Marie_Wandscheer_Before_the_Ball_(1886).jpg|thumb]]
 
'''Koʻzgu''' — yorugʻlikni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va boshqalar) kat-lam bilan qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi notekisliklar bir necha mikrondan oshmaydigan darajada silliqlangan boʻladi. K.larni tayyorlashda toʻlqinlarning qaytarish koeffiiiyenti yuqori boʻlishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk boʻlgan yupqa metall (Ag, A1 va boshqalar) qatlam bilan qoplanadi. Silliq alyuminiy sirti ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq kumush sirti infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq oltin sirti esa infraqizil nurlar spektri sohasida katta nur qaytarish koeffitsiyentiga ega. Qad. Sharqda jez davrida ham K. ishlatilgan. Bu vaqtda K. jezdan, keyinchalik temir, kumush, simobdan va, nihoyat, milodiy 1-asrdan boshlab Italiyada shishadan yasalgan. Yunon olimi Yevklid (miloddan avvalgi 5-asr) yassi va sferik K. bilan nurlarni bir nuqtaga yigʻish mumkinligini koʻrsatgan. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino K. optikasi bilan tanish boʻlishgan. Ibn Sino "Donishnoma" asarida sferik koʻzgular bilan yorugʻlikni bir nuqtaga yigʻishni isbotlagan.