Milliy ittihod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
"Milliy ittihod"ning oʻzagini oʻz Vatanining mustaqil boʻlishi yoʻlida kurashga tayyor boʻlgan taraqqiyparvar ziyolilar tashkil etdilar.
 
"M. i " tashkiloti faoliyatida Munavvarqoridan tashqari, T. Jonuzoqov, Ashurali Zohiriy, U. Asadullahoʻjayev, Sayd Ahroriy, S. Sharifxoʻjayev, Salimxon Tillaxonov va boshqa muhim rol oʻynashdi. 1920-yildan boshlab tashkilotning Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Buxoro va Xorazm shoʻʼbalari tashkil qilindi. 1920-yil noyabrda Munavvarkrrining Buxoroga borishi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Maorif nozirligida vaqf boʻlimi mudiri vazifasida ishlashi bilan tashkilot markazi Toshkentdan Buxoroga koʻchdi. Buxoroda 5 kishidan iborat Markaziy Qoʻmita tashkil qilinib, unga Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Abduqodir Qush-begiyev va boshqa kiritiladi. Tashkilot qayta tuzilib, uning yangi dasturi va nizomi ishlab chiqiladi, muxri tasdiqlanadi. Munavvarkrri Toshkentda GPU tomonidan qamoqqa olingach (1921-yil 30 -mart — 1 dek.), maʼlum muddat tashkilot faoliyatida qatnashmadi. Yosh buxoroliklar firqasining sobiq aʼzolari (Fitrat, Otaulla Xoʻjayev, Mukammil Burxonov, A. Muhiddinov, Usmon Xoʻja, Muinjon Aminov, Porso Xoʻjayev va boshqalar) "Milliy ittihod" tashkiloti faoliyatida ishtirok qildilar. Validiyning Buxoroga kelishi va Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzilishi bilan (1921-yil avg .) "Milliy ittihod" faoliyati yanada kuchaydi. Keyinchalik Choʻlpon, S. Mirjalilov, O. Maxmudov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov, Bekjon Rahmonov ham tashkilot faoliyatiga yaqindan yordam berdilar.
 
"Milliy ittihod" tashkilotining shu vaqtdagi asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish taʼsiridan saqlab qolish, yurt mustaqilligiga erishish edi.