Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Matn Chala toldirdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Sugʻorish''', irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. SSug'orish tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. S.Sug'orish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
 
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sugʻoriladi)da, AQSH, Meksika, Italiya, Bolgariya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar 20-asrda ayniqsa tez kengayib bordi, yirik sugʻorish sistemalari barpo etildi. 20-asrning 50y.larida dunyoda sugʻoriladigan jami yer maydoni 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan koʻproqni, 20-asr oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Yevropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999).