Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎Musiqasi: Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
Qator 6:
 
== Davlat tuzumi ==
Tailand — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2016 -yil 27 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (1946 -yildan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 14:
 
== Tarixi ==
T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-asrlarda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-asrda shimoldan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350 -yilda asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-asrlarda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-asrda Naresuan, 18-asrda Taksin boshchilik qilgan. 19-asr oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-asr Oxiri — 20-asr boshlarida yer islohoti va boshqa islohotlar oʻtkazgan. 1932 -yil davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939 -yil mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940 -yil T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942 -yil yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943 -yilga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945 -yil 19 avgustda T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991 -yilgi harbiy toʻntarish (1932 -yildan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saklash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dekabr — qirol tugʻilgan kun (1927). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 -yil 26 dekabrda tan olgan va 1992 -yil 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Demokratik partiya (Prachatipat), 1946 -yil asos solingan; Xalq partiyasi (Ratsadon), 1986 -yil tuzilgan; Maʼnaviy kuch partiyasi (Palang tam), 1988 -yil tashkil etilgan; Milliy taraqqiyot partiyasi (Chat pattana), 1991 -yil asos solingan; Yangi umid partiyasi (Vang may), 1990 -yil tuzilgan; Birdamlik partiyasi (Yekkapap), 1989 tashkil etilgan; Adolat va ozodlik partiyasi (Seritxam), 1992 -yil asos solingan; Tay milliy partiyasi (chat tay), 1974 -yil sobiq hukmron Tailand xalqi birlashgan partiyasi asosida tashkil etilgan.
 
T. mehnat kongressi, 1975 -yil tuzilgan; Tay kasaba uyushmalari kongressi, 1982 -yil tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 30:
Mineral xom ashyo zaxiralari negizida konchilik rivojlangan. Qalay, qoʻrgʻoshinrux, volfram va marganets rudalari, neft, plavik shpat, asbest, qimmatbaho toshlar qazib olinadi va qisman qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish. sanoatining asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat (sholi oklash, kokos moyi, kandshakar ishlab chiqarish. va boshqalar) va toʻqimachilik (jutdan kanop yigirish va toʻqish). Yogʻochsozlik sanoati va kauchukni dastlabki kayta ishlash korxonalari bor. Asosan import xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar negizida neftni qayta ishlash, kimyo, sement, qogʻoz, metallurgiya, metallsozlik, avtomobil yigʻuv va boshqa korxonalar ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Bangkok, Chiangmay.
 
Transport yoʻli uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 62 ming km. Dare va dengiz transporti rivojlangan. Dengiz portlari: Bangkok, Pxuket, Sattaxin. Bangkokda xalkaro aeroport bor. T. guruch, tapioka, kauchuk, qandshakar, qalay va boshqa metall rudalari, asil toshlar, gazlama eksport qiladi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar, kora metall va isteʼmol mollari sotib oladi. Yaponiya, AQSH, Singapur, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. T. bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2002 -yilgi tovar aylanmasi 7,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Pul birligi — bat.
 
== Tibbiy xizmati ==
T.da davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar xam bor. Vrachlar 4 ta oliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy bepul taʼlim joriy qilingan. 1977 -yildan umumiy taʼlim maktabining yangi tizimi qabul etilgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 6 yil Darslar tay tilida olib boriladi. Xususiy maktablar ham bor. T.da 13 universitet, jumladan, Bangkokdagi Chulalongkorn (1917), Tammasart (1933), Kasetsart (1943) untlari, Chiangmay shahrida universitet, bir kancha institut va kollej bor. Ilmiy muassasalari: Bangkokda Siyom ilmiy jamiyati, universitetlarhuzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, qishloq xoʻjaligi., ekologiya va boshqa ilmiytadkikrt institutlari. Ayrim ilmiy ishlar xorijiy va xalqaro jam/armalar tomonidan pul bilan taʼminlanadi. Bangkokda Milliy kutubxona (1905), Tammasart va Chulalongkorn untlarining kutubxonalari, Milliy muzey bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da tay, xitoy, ingliz tillarida oʻnlab gaz. va jurnalilar nashr etiladi, muhimlari: "Bangkok post" ("Bangkok pochtasi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946 -yildan), "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1964 -yildan), "Neyshn" ("Millat", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1971 -yildan), "Siam rat" ("Siyom mamlakati", tay tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1950 -yildan), "Siamrat uikli revyu" ("Siyom mamlakatining xafta yangiliklari", tay tilida chiqadigan haftalik), "Sinsyan jibao" ("Yangiliklar", xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946 -yildan), "Tai rat" ("Tay davlati", tay tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1956 -yildan). T. axborot agentligi (TNA) — milliy axborot mahkamasi, 1977 -yil tuzilgan. Radioeshittirish 1938 -yildan, telekoʻrsatuv 1955 -yildan boshlangan. T. milliy radioeshittirish xizmati va T. televideniyesi hukumat nazoratida.
 
== Adabiyoti ==