Tuvalu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
Qator 2:
 
== Davlat tuzumi ==
T. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat (Hamdoʻstlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliklari anjumanlarida qatnashish huquqiga ega emas). Amaldagi konstitutsiyasi 1978 -yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan generalgubernator davlatni boshqaradi; u bosh vazir tavsiyasiga binoan, T. fuqarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 8:
 
== Tarixi ==
T. orollariga mil. 1ming y.lik oʻrtalaridan polinezlar koʻchib kela boshlagan. Orollarga yevropaliklardan dastlab 1568 -yil ispanlar borgan.
 
1850—75 yillarda qul savdogarlari T. aholisining bir qismini Avstraliyada ishlatish uchun olib ketganlar. Qul savdosi va yuqumli kasalliklar sababli aholi 10 baravar kamayib ketgan. 1892 -yil T. orollarini Buyuk Britaniya egallab olib, Gilbert o.lari bilan birga Britaniya protektoratiga birlashtirgan, 1916 -yil Gilbert va Ellis o.lari nomi bilan mustamlakaga aylantirgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida T.da Amerika qoʻshinlari joylashib, Gilbert arxipelagini bosib olgan yaponlarga qarshi kurashgan. 1974 y.-yil referendum natijasida T. aholisining koʻpchiligi Gilbert o.laridan ajralib chiqish uchun ovoz berdi. 1975 -yil T. Britaniyaning alohida mustamlakasi boʻldi, 1978 -yil 1 oktabrda Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil davlat deb eʼlon kilindi. T.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq. T. — 2000 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 oktabr — Mustaqillik kuni (1978).
 
== Xoʻjaligi ==
T. agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi. Kokos palmasi, taro, pulaka (taroning bir turi), non daraxti, banan oʻstiriladi, sabzavot ekiladi. Choʻchqa va tovuq boqiladi. Baliq ovlash bilan shugʻullaniladi. Kokos yongʻogʻining bir qismidan kopra ajratib olinadi. Hunarmandchilik (chigʻanoqdan bezaklar yasash, savat toʻqish va boshqalar) rivojlangan. Yengil sanoat korxonalari bor. Transporti unchalik rivojlanmagan. Funafuti o.da dengiz prichali bor. 6 orol oʻrtasida aviatsiya katnovi yoʻlga qoʻyilgan. Chetga kiyim, poyabzal, kopra, meva va sabzavot chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va sanoat mollari, energiya resurslari oladi. Tashqi savdoda Fiji, Avstraliya, JAR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — avstraliya dollari. T. radiosi ishlaydi (1975 -yil tashkil etilgan).Bundan tashqari
 
{{OʻzME}}
{{Okeaniya mamlakatlari}}
 
[[Turkum:Okeaniya]]
[[Turkum:Tuvalu]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}