Shved tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
Qator 20:
'''Shved tili''' — german tillarining shim. (skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlyandiya Respublikasining 2rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln.ga yaqin (Shvetsiyaning oʻzida 8,6 mln.dan ortiq) kishi (oʻtgan asrning 90-yillari).
 
SH.t.ning 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvetsiyaning markaziy hududi — Melaren koʻli atrofi), yot (jan.gʻarbiy hududlar), norland (shim. hudud), sharqiy shved (Botnik qoʻltigʻi qirgʻoqlari), gutni (Gotland oroli), jan. shved (Skone viloyatidagi dan tiliga yaqin). 1645 -yilda Norvegiyaning Xaryedalan va Yemtland viloyatlari Shvetsiyaga qoʻshib olingach, u yerlarda aralash shvednorveg shevalari shakllangan.
 
SH.t. fonetikasi choʻziq va qisqa tovushlar (unlilar va undoshlar)ning , musiqiy urgʻuning mavjudligi bilan ajralib turadi. Grammatik xususiyatlari: otlarda umumiy va oʻrta jins (rod), birlik va koʻplik son, 2 ta kelishik (umumiy va qaratqich), aniqlik va noaniqlik shakllari va boshqalar mavjud; feʼllar 4 xil tuslanishga ega; mayl, zamon, nisbat kategoriyalari boʻiicha oʻzgaradi. Soʻzlar gapda qatʼiy tartibda joylashadi.
 
Tarixiy rivojlanishida 2 davr: qadimiy Shved tili (9-asrdan 1525 -yilgacha — Shvetsiya mustaqillikka erishguncha) va yangi Shved tili (1525 -yildan) davrlari farkdanadi. Eng qadimiy yozma yodgorliklari 9—12-asrlarga mansub, runik yozuvdya bitilgan yodgorliklardir. Lotin grafikasidagi qadimiy qoʻlyozmalar 13-asrga mansub. Shved tilidagi dastlabki bosma asar 1425 -yilda nashr etilgan. qadimiy shved yozma tili 14—15-asrlarda yot lahjasi asosida shakllangan; hozirgi adabiy til esa 16—17-asrlarda svey shevalari (asosan, Stokgolm shevasi) negizida shakllana boshlagan. Yozuvi lotin grafikasi asosida unga 3 ta harf (Å, Ä, Ö) qoʻshgan holda yaratilgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{lang-stub}}
 
[[Turkum:Tillar]]
 
 
{{lang-stub}}