Muso Saidjonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
+
Qator 16:
}}
 
'''Muso Yoʻldoshevich Saidjonov''' (1893, [[Buxoro]] 1937.25.10, [[Toshkent]])  — oʻzbek davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandasi, maʼrifatparvar; tarixchi, sharqshunos va manbashunos olim, arxeolog-professor (1935). Ilk oʻzbek professorlaridan biri.
 
== Kelib chiqishi ==
Muso Saidjonovning bobosi ''Saidboy qorakoʻlfurush'' [[Buxoro amirligi]] poytaxtining arabon guzarida istiqomat qiluvchi eng yirik savdogarlardan boʻlgan. U qorakoʻl teri, jun, ipak tolasi bilan savdo qilishdan tashqari katta yer maydonlariga ham ega boʻlgan, ularni mahalliy dehqonlarga ijaraga berish hisobidan daromad koʻrgan. Saidboy qorakoʻlfurush savdo karvonlari bilan [[Rossiya]], [[Xitoy]], [[Germaniya]] va boshqa olis mamlakatlarga safar qilib, qoʻlga kiritgan daromadi hisobidan koʻchmas mulk xarid qilgan. Xususan, Germaniyaning poytaxtida uning toʻrt qavatlik mehmonxonasi boʻlgan. Buxorolik tijoratchilar [[Berlin]]ga kelishganida xuddi shu mehmonxonada istiqomat qilishgan. Saidboy qorakoʻlfurush tijoratining sof foydasini savob ishlarga ham sarf etgan ekan. Jumladan, har gal Xitoyga safar qilganida, albatta bozorga kirib, qullikka haydalgan Oʻrta Osiyo xalqlari vakillarini sotib olar va Buxoroga qaytgach ularni ozod qilar ekan{{sfn|Naimov|2018|p=6}}.
 
Muso Saidjonovning otasi Yoʻldoshboy tez-tez Rossiya va Xitoyga qatnab, [[Moskva]] va uygʻur yarmarkalarida teri bilan savdo qilgan. {{sfn|Naimov|2018|p=6}}. U Muso boshlangʻich maktabda oʻqib yurgan kezlarda toʻsatdan 47 yoshida yurak xastaligiga duchor boʻlib, vafot qilgan{{sfn|Naimov|2018|p=16}}.
 
== Tarixi ==
Yoʻldoshboy oʻgʻli Muso savod chiqarishi uchun Buxorodagi Xoʻja Abdulloyi Safedmun masjidi oldida faoliyat yuritgan boshlangʻich maktabga bergan. Muso maktabdagi taʼlimining birinchi yilida arab alifbosi va fors imlosini oʻrgangan, ikkinchi yilida esa [[Qurʼon]] suralarini oʻrganish uchun oʻziga xos [[xrestomatiya]] vazifasini bajarar [[Haftiyak]]ni yodalaganyodlagan, soʻngra Qurʼonni bevosita mutolaa etishga kirishgan. U besh yil boshlangʻich maktabda taʼlim olib, savod chiqargan{{sfn|Naimov|2018|p=14—16}}.
 
Muso Saidjonov 12 yoshida makni bitirganidan soʻng, 4 yil{{sfn|Naimov|2018|p=32}}. mobaynida Buxorodagi [[Mir Arab madrasasi]]da, mulla Abdusalom hujrasida undan alohida dars olib, arab tilini mukammal darajada oʻrgangan, soʻng bir muddat akasi Qurbon Saidjonovning doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan{{sfn|Naimov|2018|p=17—21}}.
Buxorodagi [[Mir Arab madrasasi]]da tahsil koʻrgan. [[Yangi Buxoro]]dagi rus-tuzem maktabini tugatgan (1908). 1913-yildan [[Yosh buxoroliklar]] partiyasi safida. [[Kolesov voqeasi]]dan keyin Buxoroni tark etgan. Toshkentda oʻqituvchilar institutini tugatgach, Xoʻjandda muallimlik qilgan va teatr toʻgaraklarida qatnashgan. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] (BXSR) tuzilgach, Saidjonov oziq-ovqat noziri (1920-yil sentabr — 1921-yil mart), iqtisodiyot noziri muovini (1921-yil mart — avgust), davlat nazorati noziri (1921-yil oktabr 1922-yil yanvar), CHK (Favqulodda komissiya) raisi (1921-yil avgust — sentabr), moliya noziri (1922-yil fevral—aprel), Xalq Xoʻjalik Oliy Kengashi raisi muovini (1922-yil oktabr — 1923), maorif noziri (1923-yil iyun — 1924). Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri. „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatida qatnashib, A. Z. Validiy bilan yaqin aloqada boʻlgan. Saidjonov Buxoro ilmiy jamiyatini tuzish (1921) da faol qatnashgan va BXSR da maorif muassasalarini tashkil qilish, meʼmoriy obidalarni muhofazalash, tarixiy qoʻlyozmalarni toʻplab, ularni tartibga solish, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash kabi ishlarda jonbozlik koʻrsatgan. Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, uning Samarqand boʻlimi ilmiy xodimi (1925— 36). S. oʻzbek olimlaridan birinchi boʻlib sharqshunoslarning Leningradda boʻlgan 3-kongressi (1935)da qatnashgan va Koʻchkunchixon maqbarasi haqida ilmiy maʼruza kilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor unvoni berilgan. „Shahrisabz meʼmoriy yodgorliklari tarixi“, „Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari“, „Shayx Sayfiddin Boharziyning vaqfnomasi“ nomli asarlar muallifi.
 
Muso Saidjonov 1904-yilda [[Yangi Buxoro]]dagi rus-tuzem maktabiga oʻqiy boshlagan. U bu yerda rus tili va adabiyoti, Rossiya imperiyasi va jahon tarixi, amaldagi rus qonunchiligi, arifmetika, geometriya, geografiya, tibbiyot, rasm chizish fanlarini oʻrta bilim yurti dasturi darajasida oʻrganib, maktabni 1908-yilda tamomladi. Bu davrda rus-tuzem maktabining mudiri [[Vasiliy Vyatkin]] edi{{sfn|Naimov|2018|p=32—39}}.
 
Buxorodagi [[Mir Arab madrasasi]]da tahsil koʻrgan. [[Yangi Buxoro]]dagi rus-tuzem maktabini tugatgan (1908). 1913-yildan [[Yosh buxoroliklar]] partiyasi safida. [[Kolesov voqeasi]]dan keyin Buxoroni tark etgan. Toshkentda oʻqituvchilar institutini tugatgach, Xoʻjandda muallimlik qilgan va teatr toʻgaraklarida qatnashgan. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] (BXSR) tuzilgach, Saidjonov oziq-ovqat noziri (1920-yil sentabr  — 1921-yil mart), iqtisodiyot noziri muovini (1921-yil mart  — avgust), davlat nazorati noziri (1921-yil oktabr 1922-yil yanvar), CHK (Favqulodda komissiya) raisi (1921-yil avgust  — sentabr), moliya noziri (1922-yil fevral—aprel), Xalq Xoʻjalik Oliy Kengashi raisi muovini (1922-yil oktabr  — 1923), maorif noziri (1923-yil iyun  — 1924). Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri. „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatida qatnashib, A. Z. Validiy bilan yaqin aloqada boʻlgan. Saidjonov Buxoro ilmiy jamiyatini tuzish (1921) da faol qatnashgan va BXSR da maorif muassasalarini tashkil qilish, meʼmoriy obidalarni muhofazalash, tarixiy qoʻlyozmalarni toʻplab, ularni tartibga solish, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash kabi ishlarda jonbozlik koʻrsatgan. Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, uning Samarqand boʻlimi ilmiy xodimi (1925— 36). S. oʻzbek olimlaridan birinchi boʻlib sharqshunoslarning Leningradda boʻlgan 3-kongressi (1935)da qatnashgan va Koʻchkunchixon maqbarasi haqida ilmiy maʼruza kilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor unvoni berilgan. „Shahrisabz meʼmoriy yodgorliklari tarixi“, „Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari“, „Shayx Sayfiddin Boharziyning vaqfnomasi“ nomli asarlar muallifi.
 
Saidjonov oʻzbek davlatchiligi tarixi masalalarini xolis tadqiq qilgani, madaniy merosga hurmat bilan yondoshgani, „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga katnashgani uchun sovet rejimi tomonidan Samarqandda qamoqqa olingan (1937-yil 13 aprel) va otib tashlangan. 1965-yil 2 dekabrda oklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar|2}}
 
== Adabiyot ==