Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v2: Tuzatishlar, typos fixed: u’da → uʼda (2)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 5:
'''Namoz''' ({{lang-ar|صَلاة}}) — [[islom]] koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus [[ibodat]] turi; islomdagi besh [[rukn]]dan biri. Namoz musulmonlarga [[meʼroj]] kechasi (qarang [[Isro va meʼroj]]) [[farz]] qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) namoz oʻqish farz hisoblanadi. Namoz oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, [[Qurʼon]] [[oyat]]laridan tilovat qilishda [[duo]]lar oʻqish, rukuʼ, [[sajda]], tiz choʻkib oʻtirish, [[salom]] berishlarni oʻz ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, [[vojib]], [[sunnat]], [[nafl]], ishroq, [[tahajjud]], [[qazo]], shukri vuzu, [[janoza]] va boshqa qoʻshimcha namozlar borki, ularni ado etish [[musulmon]] kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat namozlari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi namozlar sirasiga kiradi.
 
namozNamoz oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. Namoz [[qibla]]ga — [[Makka]]dagi [[Kaʼba]] [[ibodatxona]]siga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — [[joynamoz]]dan foydalanish odatga aylangan. Namozni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin [[juma]] kunidagi juma namozini [[masjid]]da jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib namoz oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri ([[imom]]) [[imomlik]]ka oʻtadi. Namoz paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yoʻtalish (uzrsiz), turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar namozni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
 
Islomdagi [[mazhab]]lar koʻrsatmalarida namoz oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda namoz, asosan, [[hanafiylik]] mazhabiga muvofiq oʻqiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>