.NET Framework: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v2: Tuzatishlar, typos fixed: o'l → oʻl, eʻlo → eʼlo (2)
Qator 18:
.NET Framework oʻsha paytda mashhur boʻlgan Sun Microsystems (hozirda [[Oracle]] kompaniyasiga tegishli) [[Java]] platformasiga Microsoftning javobidir.
 
.NET Framework Microsoft kompaniyasining oʻz mahsuloti hisoblanib, rasmiy ravishda [[Windows]] operatsion tizimlarida ishlash uchun moʻljallangan bo'lsaboʻlsa-da, baʼzi boshqa operatsion tizimlarda .NET Framework dasturlarini ishga tushirish imkonini beruvchi mustaqil loyihalar (birinchi navbatda Mono va Portable.NET) mavjud.
 
[[Microsoft Silverlight]] 2.0 versiyasida .NET Frameworkdan koʻp qismlar bor.
 
== Ishlab chiqish ==
Platformani ishlab chiqish 1999-yilda boshlangan<ref>[https://archive.org/details/windowscommunica00libg Стив Резник, Ричард Крейн, Крис Боуэн. Вступление // Основы Windows Communication Foundation для .NET Framework 3.5 = Windows Communication Foundation for .NET Framework 3.5 / Пер. с англ. Слинкина А. А.. — М.: ДМК Пресс, 2008. — С. 16. — 480 с. —] ISBN 978-5-94074-465-8.</ref>. Rasmiy ravishda, yangi texnologiyaning ishlab chiqilishi 2000-yil 13-yanvarda, [[Bill Geyts]] Microsoft rahbarligining Stiv Balmerga oʻtkazilishini paytida rasman eʼlon qilindi. Shu kuni korporatsiya rahbariyati kompaniya uchun ''Next Generation Windows Services'' (NGWS, “Windows xizmatlarining yangi avlodi”) deb nomlangan yangi strategiyasini e’loneʼlon qildi. Yangi strategiya foydalanuvchilarga [[Internet]]ga kirish imkoniga ega simsiz qurilmalardan shaxsiy kompyuteri (PC)da boʻlgani kabi Internet bilan ishlash imkonini berish uchun mavjud va kelajakdagi Microsoft ishlanmalarining yagona toʻplamiga birlashtirish edi<ref name="news.cnet.com">[http://news.cnet.com/2100-1001-235651.html Redmond maps plans for life after the PC]</ref>.
 
Oʻsha kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Balmer shaxsiy kompyuterlarining ulkan imkoniyatiga qaramay, korporatsiya keyingi avlod xizmatlarining shaxsiy kompyuter boʻlmagan qurilmalarda ham ishlashi kafolatlanishini taʼminlash muhimligiga urgʻru bergan. Geytsga kelsak, ''Patricia Seybold Group'' tahlilchisi Enn Tomas Meyns uning soʻzlarini tahlil qilib, kompaniyaga faqat ish kompyuterlariga e’tiboreʼtibor qaratishdan voz kechib, mobil qurilmalarni ishlab chiqishga oʻtish foyda keltirishini aytdi. Uning fikriga koʻra, Geyts Windows bilan qattiq bogʻlanmagan kompyuterda ishlashning yangi davriga yoʻl ochdi.
 
Mobil qurilmalarning xotira hajmi kichik boʻlganligi tufayli ilovalarni saqlash va uzatish serverlar tomonidan amalga oshirilishi lozim deb qaralgan, holbuki oʻsha paytda deyarli barcha foydalanuvchi maʼlumotlari va dasturiy taʼminot statsionar kompyuterlarda lokal ravishda saqlangan. Keyin “serverga asoslangan” modelga oʻtish gʻoyasi eng yirik IT kompaniyalar rahbarlari orasida kuchli qoʻllab-quvvatlandi. Misol uchun, Sun Microsystems rahbari Skott Maknili server-mijoz dasturiy taʼminotiga oʻtishda [[Microsoft Office]] bilan raqobatlashadigan ofis dasturiy taʼminoti kompaniyasini sotib olganini eʼlon qilgan<ref name="news.cnet.com"/>.