Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Shaxsiyat bilgiqutisi}}
[[Fayl:Pericles Townley BM 549.jpg|thumb|right]]
 
'''Perikl''' (miloddan avvalgi taxminan 490, Afina — miloddan avvalgi 429) — yunon siyosiy arbobi, miloddan avvalgi 444/443—429-yillarda (430-yildan tashqari) Afina strategi (bosh qoʻmondoni). Aristokratlar nasliga mansub, demokratik guruh rahbari. 443-yildan Afina davlati boshligʻi P. Afina davlat tuzumini yanada demokratlashtirgan, jamoat binolari (Parfenon, Propilei, Odeon) qurdirgan. Tashqi siyosatda P. Afina dengiz qudratini oshirish va mustahkamlashga intilgan, strateg sifatida bir qancha harbiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. Miloddan avvalgi 431—404-yillardagi Peloponnes urushi, spartaliklarning Attikaga bostirib kirishi va qamalda qolgan Afinada oʻlat kasalining tarqalishi natijasida P.ning mavqei pasaygan. 430-yil u strateglikka saylanmagan, bundan tashqari, moliyaviy jinoyat qilganlikda ayblanib, yirik pul jarimasi toʻlashga hukm etilgan. 429-yil P. oqlangan va qayta strateglikka saylangan, lekin oʻsha yili oʻlatdan vafot etgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>