Qadimgi turkiy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Bilge Khagan inscription lines 36-40 in original Old Turkic script.svg|thumb]]
[[Fayl:Kyzyl orkhon inscription.jpg|thumb]]
'''Urxun-yenisey yozuvi''', qadimgi turk runik yozuvi — tosh, [[metall]], [[yogʻoch]] va boshqa ga oʻyib bitilgan [[qadimgi turkiy tillar|qad. turkiy]] [[yozuv]]lar. 5—8-asr (baʼzi manbalarda 8—10-asr)larga mansub. Urxun va [[Yenisey]] [[daryo havzasi|daryolari havzalari]]dan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan [[gotlar|got]] (qad. [[germanlar|german]]) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun [[runik yozuv]] deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. haqida dastlab 18-asrning boshlarida [[ruslar|rus]] [[olim]]i S. Remezov, keyinroq [[shvedlar|shved]] olimi F. Stralenberg xamda [[olmonlar|nemis]] olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning [[turkiy xalqlar|turkiy xalklar]]ga mansubligini birinchi marta [[fransuzlar|fransuz]] olimi J.P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va 1891-yil V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuviyo. matnlarini birinchi boʻlib [[daniyaliklar|daniyalik]] [[tilshunos]] [[Tomsen Vilgelm Lyudvig|V. Tomsen]] oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng [[Radlov Vasiliy Vasilyevich|V. V. Radlov]] turk shahzodasi [[Kultegin]] (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.