Ellinizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -y.da → - yilda, mil.av. → miloddan avvalgi (17) using AWB
k (via JWB)
Qator 1:
'''Ellinizm''' — Makedoniya, Yunoniston, Oʻrta dengizning sharqiy sohillari, Gʻarbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (miloddan avvalgi 334—323 yillar)dan miloddan avvalgi 30 yilda Misr Rim qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilgan paytgacha oʻtgan davr. "E." atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning 1836—43 yillarda chop etilgan 2 jildli "Ellinizm tarixi" asarida qoʻllangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uygʻunlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. Keyinchalik ayrim tadqiqotchilar ellinistik olam hududi va davr doirasini kengaytirib, madaniyati yunonlar taʼsirida shakllangan barcha mamlakat va xalqlarni koʻzda tutadilar. "E." deganda, yunon madaniyati rivojinigina nazarda tutib, yunon madaniyatidan Rim madaniyatiga oʻtish davrining oʻzi, deb hisoblaydiganlar ham bor.
 
Miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya shohi Aleksandr Yunonistonni zabt etib, yunon, makedon xalqlaridan toʻplangan katta qoʻshin bilan Sharq mamlakatlariga qarshi urush boshlaydi va koʻp oʻtmay Hindistonga qadar choʻzilgan bepoyon oʻlkaning yakka hukmdoriga aylanadi. Aleksandr vafot etganda (miloddan avvalgi 323 yil), uning davlati tarkibida Bolqon ya.o.yarim orol, Egey dengizidagi orollar, Kichik va Gʻarbiy Osiyo, Misr, Markaziy Osiyoning bir qismi bor edi. Aleksandr vafot etgach, uning merosxoʻrlari oʻrtasida hokimiyat uchun kurash borib, mamlakat parchalanib ketgan. Shu tariqa ellinistik davlatlar yuzaga kelgan. Biroq E. davrida bu hududdagi turli mamlakat va viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli pogʻonasida boʻlganlar: baʼzilarida quldorlik munosabatlari (Makedoniya), ayrimlarida polis tuzumi tarqalib, qulchilik va qullikning antik shakllari vujudga kelgan (Misr, Salavkiylar davlati). Koʻpgina qabilalar (ayniqsa, ellinistik davlatlarning chegara hududlarida yashaganlar) uchun esa urugʻchilikdan sinfiylik jamiyatiga oʻtish davri boʻlgan.
 
E. davri sharqiy mamlakatlar uchun taraqqiyotning yangi bosqichi boʻldi. Yunonmakedoniyaliklar Sharqqa ishlab chiqarish malakalarini, oʻz davlat va huquq meʼyorlarini, urf-odat, din va madaniyatlarini olib keldilar, oʻz navbatida, Sharqdan oʻrgandilar ham. Davlat boshqaruvida qadimiy sharqiy monarxiya usullaridan foydalanildi. Pul va savdosotiq munosabatlari rivojlangan oʻlkalar (Mesopotamiya, Suriya, Kichik Osiyo)da polislar ravnaq topdi. Polislar oʻzgardi, yaʼni ular mustaqil respublika boʻlmay, maʼlum siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega shahar jamoalariga aylandilar.
Qator 7:
Yunonlarning qadimiy nomi — "ellinlar" atamasi oʻz etnik mazmunini asta-sekin yoʻqota borib, makedoniyalik, yunon va mahalliy yuqori tabaqaga mansub kishilarni ifodalaydigan soʻzga aylanib qoldi.
 
Merosxoʻr (diadox)lar oʻrtasidagi kurashlar miloddan avvalgi 3, miloddan avvalgi 2-asr boshlarida ham davom etdi. Ptolemeylar imperiyasi, Salavkiylar davlati, hududiy jihatdan ulardan kichik boʻlsa ham, ijtimoiy tuzum jihatidan ularga yaqin boʻlgan Pergam va Kichik Osiyodagi boshqa hukmdorliklar, yunon polislari, ellinistik olamning chekkalaridagi Skiflar podsholigi, Armaniston, Parfiya va boshqalar oʻrtasida tinimsiz urushlar xalq boshiga qoʻp ofatlar keltirdi. Shunga qaramay dengiz sohillari bilan mamlakat ichkarisidagi hududlar oʻrtasida iqtisodiy aloqa yaxshilana bordi, mahsulot ishlab chiqarish, savdo (xususan, tashqi savdo) rivoj topdi. Shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida yuksaldi (Iskandariya, Rodos o., Antioxiya, Salavkiya, Pergam). Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Yunoniston va Makedoniya oʻrtasida doimiy dengiz yoʻli mavjud edi. Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻi boʻylab Hindistonga savdo yoʻli ochildi. Misr Qora dengiz atroflari Karfagen va Rim bilan savdo aloqasini yoʻlga qoʻydi. qadimiy karvon yoʻllarida polislar va gavanlar yuzaga keldi. Shu bilan birga, ushbu davr polislar federatsiyasi (ittifoqi)ga ehtiyoj tugʻdirdi (bir necha polislar birlashdi). Ammo bu ittifoqlar orasida ham nizolar davom etdi, ijtimoiy qurash kuchaydi. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda isyonlar va ozodlik harakatlari jonlandi. Attika, Pergam, Delos o.larida qullar isyoni, Misr va Salavkiyada dehqonlar qoʻzgʻoloni yuz berdi. Ayni paytda Rimning mavqei osha bordi. U miloddan avvalgi 197 yilda Kichik Osiyoni, Egey dengizidagi orollarni va Yunonistonni bosib oddi. Rim E. davlatlarini birinketin ishgʻol etib, miloddan avvalgi 30- yilda Misrni ham qoʻlga kiritdi va E. davriga barham berdi.
 
E. davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil boʻlgan boʻlsada, oʻziga xos rivojlanish yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy sanʼat va shaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillariga koʻpgina mayoqlar qurildi, savdo yoʻllari barpo etildi, savdo kemalari koʻproq yuk koʻtaradigan va tezroq suzadigan darajaga yetdilar.
Qator 45:
Miloddan avvalgi 4-asrdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yangi davr boshlangan. Hindistondan Yevropagacha, Yevropadan Misrgacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan ellinistik davlatlarning iqgisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotida Markaziy Osiyo xalklari ham ishtirok etadilar. Shu tariqa, E. davri Sharq va yunon xalqlari madaniyati, adabiyotlarining oʻzaro boyishi jarayonining oliy choʻqqisi boʻldi. E. Aleksandr bosib olgan yurtlardagi xalqlar hayotining turli sohalari — iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiymadaniy hayotidagi katta oʻzgarishlarga olib kelib, ellinistik madaniyatning ravnaq topishi va keng tarqalishiga zamin hozirlagan. Osiyo va Yevropaning hamma mintaqalarida E. bir tekisda rivoj topmagan. Ammo ellinistik davlatlar inqirozga uchragandan soʻng bir necha asrlar oʻtgandan keyin ham ellinistik madaniyat sanʼat va adabiyotda davom etib kelgan.
 
Ad,: Tara V., Ellinisticheskaya sivilizatsiya, M., 1949; Ranovich A.B., Ellinizm i yego istoricheskaya rol, M., 1950; Tronskiy I.M., Istoriyaantichnoy literaturg , M., 1983; Al imuxammedov A., Antikadabiyottarixi, T, 1975; Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T, 1998; Rtveladze E., Velikiy shelkovsh put, T, 1999.
 
Moʻminjon Sulaymonov, Otabek Joʻraboyev, Neʼmat Abdullayev.