Etnografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
k (via JWB)
Qator 1:
'''Etnografiya''' (etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
 
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808-yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
Qator 37:
1918-yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
 
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi.
 
1943-yil 4-noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad.akademik M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
 
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.
 
1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita akad.akademik K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.
 
Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari, kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980- yillar Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va soʻzsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat bosqichiga oʻtdi.
Qator 51:
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FAFanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akad.akademik K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
 
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.
 
Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi muammolari maxsus tadqiqot mavzusi boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova). Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001-yillarda Termiz va Qarshida etn. tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston FAFanlar akademiyasi Tarix instituti etnologiya boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib kelmoqda.
 
== Adabiyot ==