Kosmogoniya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
k (via JWB) |
||
Qator 3:
Amerikalik olim J. Jinsning gravitatsion beqarorlik nazariyasi K.ning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Unga koʻra, Koinotning ulkan bulutida protogalaktikalar yoki ularda protoyulduzlar paydo boʻlishi uchun gravitatsion beqarorlik mezoni bajarilishi shart. Xususan, zichligi barcha nuqtalarda deyarli bir xil boʻlgan muhitda biror sabab bilan toʻlqinlashish roʻy berib, oʻlchami 1 ga teng biror "quyuklik" shakllana boshlasa, u yanada quyuqlashib (siqilib) borishi uchun quyidagi munosabat boʻlishi lozim: X>\=i yj^G / r (i — gaz atomining oʻrtacha issiqlik tezligi, G — gravitatsion doimiylik, r—zichlik).
Natijada massasi rAg ga teng protobulut hosil boʻladi. Mac, p = 1SN4 g/sm3 va temperaturasi 106 K boʻlgan gaz bulutida massasi 10" t0 (t0— Quyosh massasi)ga teng protogʻalaktika (protobulut) vujudga keladi. Protogʻalaktikalarning shakllanishi va evolyusiyasiga oid kosmogonik muammolar, asosan, kuchli kompyuterdar yordamida tajribalar usuli bilan tadqiq qilinmoqda. Ularga nisbatan protoyulduz va protosayyoralar K. si ancha chuqur ishlab chiqilgan. Somon Yoʻlining yulduzlararo fazosida massasi \t0 ga teng
Sayyoralar K.sida ularning vujudga kelish nazariyasini ishlab chiqishda quyidagi kuzatuv maʼlumotlari toʻla hisobga olinishi lozim: 1) Pluton orbitasi ichidagi 8 ta sayyora orbitalari tekisliklari oʻzaro juda yaqin va ular Quyosh ekvatori tekisligi bilan deyarli ustma-ust toʻshadi; 2) barcha sayyoralar Quyosh atrofida aylanaga yaqin orbitalar boʻylab va aynan Quyoshning oʻz oʻqi atrofida aylanish yoʻnalishi boʻyicha harakatlanadi; 3) sayyoralarning oʻz oʻqi atrofida aylanish yoʻnalishi ular orbitalari boʻyicha harakati yoʻnalishi bilan bir xil (Venera va Urandai tashqari); 4) sayyoralarning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi Titsius — Bode qonuniga boʻysunadi; 5) sayyoralar oʻz fizik holatlari boʻyicha keskin 2 guruhga boʻlinadi: gigant va Yer tipidagi sayyoralar; 6) Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar massalari yigʻin-disi Quyosh massasidan 750-marta kichik boʻlsada, butun Quyosh sistemasi aylanish momentining 98% sayyoralarga tegishli; 7) barcha gigant sayyoralar halqalarga va koʻp (hatto bir necha oʻn) tabiiy yoʻldoshlarga ega.
Qator 11:
Bugoʻngi hisob-kitoblarga koʻra, 5 mlrd. yil burun sezilarli darajada aylanishga va magnit maydonga ega boʻlgan gaz-changdan iborat yirik budut siqilishni boshlab, asta-sekin uning markazida massiv markaziy quyuqlik vujudga kelgan. Quyuqlikdan tashqaridagi qism massasi nisbatan 10-marta kichik boʻlgan. Bu sistema aylanish oʻqi boʻyicha siqilib borgan sari magnit kuch chiziklari markazdagi protoyulduzga oʻralib borib, uning aylanish momentini ular tashqi qismga uzatishda qatnashadi. Natijada markazida Quyosh va uning ekvator tekisligi atrofida aylanish momenti asta-sekin oshib borayotgan qalin disk vujudga keladi. Ushbu disk zichligi maʼlum kritik qiymatga erishishi bilan u gravitatsion beqarorlik tufayli bir nechta halqalarga ajraladi. Har bir halqa asta-sekin boʻlinishi va massalarini yigʻilib borishi jarayonlari sababi sayyora hamda tabiiy yoʻldoshlari vujudga keladi. Gazsimon gigant sayyoralar atrofida disklar xuddi shu tariqa vujudga kelib, ular ham beqarorlik oqibatida halqalarga boʻlinadi.
Oʻzbekistonda K. muammolari, asosan,
Ad.:Gurevsch L. E., Chernin A. D., Vvedeniye v kosmogoniyu, M, 1987; M., 1986; Nuritdinov S. N., Somon Yoʻli fizikasi, T., 1989.
|