Lotin tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
image and links
k (via JWB)
Qator 16:
}}
[[Fayl:Rome Colosseum inscription 2.jpg|thumb|Lotin tili]]
'''Lotin tili''' — [[hind-yevropa tillari]] oilasining [[Italiy tillari|italiy tillari guruhiga]] mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin [[Qadimgi Rim|Rim]] hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan.Janubiy Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. [[Rim imperiyasi|Rim imperiyasining]] gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim.Shimoliy Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.
 
Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6—4-asrlar); 2) klassik davrgacha boʻlgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3—2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi Lotin tili (2— 6-asrlar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi).