Markaziy Amerika: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k (via JWB) |
||
Qator 4:
Tinch okean sohili kambar pastgekislik boʻlib, qirgʻoq chizigʻi shim.da toʻgʻri, jan.da qoʻltiklar bilan parchalangan, yarim orol va orollar bor. Meksika qoʻltigʻi sohilining aksari qismi tekis. Karib dengizi tomonida Gonduras qoʻltigʻi bor. Qirgʻoq boʻylab mayda orollar joylashgan, ularning koʻplari marjon orollardir.
Markaziy Amerikaning katta qismini Kordilyera togʻlari sistemasiga kiruvchi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar egallagan.
Markaziy Amerikada Kordilyera togʻlari uchta yoysimon tizmadan iborat. Shulardan eng yoshi Vulkanli yoki Tinch okean boʻyi togʻlari boʻlib, Meksika chegarasidagi Takana (balandligi 4117 m) va Taxumulko (4217 m — Markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi) vulkanlaridan boshlangan va Tinch okean sohili boʻylab, Nikaragua botigʻi orqali Panamaning gʻarbiy qismigacha davom etgan. Bu tizmada oʻnlab soʻnmagan vulkanlar bor. Qad. togʻ jinslari orasidan oltin va kumush, qoʻrgʻoshin, surma, neft, oltingugurt va boshqa foydali qazilma konlari topilgan.
Qator 12:
Daryolari qisqa, tezoqar va gidroenergiyaga boy. Atlantika okeaniga oquvchi daryolar yil boʻyi sersuv, Tinch okeanga okuvchi daryolar esa fakat yezda toʻlib oqadi. Tektonik soyliklarda kul koʻp; shulardan eng yiriklari: Nikaragua va Managua.
Markaziy Amerikaning tuproq va oʻsimlik mintaqalari iqlim mintaqalariga muvofiq joylashgan. Shim.-sharqiy qismidagi pasttekisliklarda va togʻ yon bagʻirlarining 800 m balandlikkacha boʻlgan qismidagi podzollashgan laterit tuproklarda palma, rangli yogʻoch olinadigan daraxtlar, liana va epifitli tropik oʻrmonlar bor. Bu yerdagi plantatsiyalarda tropik ekinlar (banan va boshqalar) yetishtiriladi. 1700 m gacha, asosan, daraxtsimon paporotniklar, 3200 m gacha dub, magnoliya va igna bargli daraxtlar usadi. Undan yuqorisi alp oʻtloklari. Togʻlarning Tinch okeanga qaragan yon bagirlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Yassitogʻliklar esa yaylov va ekinzor. Yuqoriroqda, kizil tuprokli yerlarda dub yoki igna bargli daraxtlar oʻsadi. Quyi mintaqalarda tamaki, paxta ekiladi. 600– 900 m balandliklar orasida kofe oʻstiriladi. Nikaragua soyligidan shim.da koʻproq
Hayvonot dunyosi jihatidan Markaziy Amerika Neotropik oblastining Markaziy Amerika kichik oblastiga kiritilgan.
== Adabiyot ==
|