Musiqa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Musiqa''' (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.
 
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.
Qator 11:
Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Mac, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan [[nota yozuvi]] mu-him oʻrin tutadi.
 
Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang , ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang [[Avangardizm]], [[Barokko]], [[Klassitsizm]], [[Ogʻzaki anʼanadagi musika]], [[Romantizm]], [[Sentimentalizm]]).
 
Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang [[Vokal musikasi]], [[Kino musikasi]], [[Rake musikasi]], [[Teatr musikasi]]). Musiqa, shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Mac, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.
Qator 35:
Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan Musiqa sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional Musiqada polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.
 
17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa Musiqasi Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M . Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M . Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr Musiqa tarixida alohida oʻrin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida Musiqaning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu Musiqa kabi) janrlar oʻrniga vokal Musiqasi, teatr Musiqasi, kino Musiqasi kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy Musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz Musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy Musiqa yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
 
Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasidalapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang [[Buxoro-Samarqand musika uslubi]], [[Xorazm musika uslubi]], [[Fargʻona — Toshkent musika uslubi]], [[Surxondaryo-Qashqadaryo muyesha uslubi]]). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—40 yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—60 yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan.
 
Musiqa taʼlimi tizimi OʻzROʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, Musiqa hamda madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti, Musiqa Uygʻur nomidagi sanʼat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.
 
Hozirda Oʻzbekistonda Musiqa faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), "Oʻzbeknavo", Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shugʻullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda.