Qadimgi turkiy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 5:
Urxun-Yenisey yozuviyo.ning kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.
 
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuviyo. da tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u "ayirgʻich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V.V. Radlov, P.M. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad.akademik Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof.professor N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuviyo. ni oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmokda. Urxun-Yenisey yozuviyo.ga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo. turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.
 
== Yana q. ==