Qoʻmiq tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
 
Qator 24:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qoʻmiq tili''' — [[Turkiy tillar|turkiy tillarning]] qipchoq guruhiga mansub til; [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasining]] [[Dogʻiston]], qisman Checheniston, [[Ingushiya]], Shim.Shimoliy Osetiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 282 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Qoʻmiq tilida asosan 3 ta: boʻynoq, qaytaq, xasavyurt lahjalari farqlanadi. Ularda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Qoʻmiq tili qipchoq guruhiga mansub boʻlsa-da, unda oʻgʻuz tillariga xos belgilar ham kuzatiladi.
 
Adabiy Qoʻmiq tili 20-asr boshlarida xasavyurt va boʻynoq lahjalari asosida shakllangan (uning ogʻzaki soʻzlashuv shakli qadimdan mavjud). Yozuvi 17-asr oʻrtalaridan 1928-yilgacha arab grafikasi, 1929—38 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlib, 1939-yildan rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Qoʻmiq tilida gaz., jur.lar chop etiladi, koʻplab ijtimoiysiyosiy va badiiy adabiyot, boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun darsliklar nashr qilinmoqda.