Texnika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 20:
Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga (maishiy xizmat koʻrsatish, i.t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T.siga) ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va boshqa kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi., toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. Texnika texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va boshqalar) aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi.
 
Ishlab chiqarish.da qatnashmaydigan T.ga maishiy xizmat koʻrsatish T.si (kir yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport T.si (yengil avtomobillar, velosipedlar va boshqalar); sport T.si (poyga mototsikllari va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarish.ning tarmoq strukturasiga qarab (mas., sanoat T.si, transport T.si, q.qishloq x.xoʻjaligi T.si) yoki i. ch. ning aloxida struktura boʻlinmalariga qarab (mas., aviatsiya T.si, melioratsiya T.si), baʼzan T. aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab (mas., yadro T.si, sovitish T.si, xisoblash T.si va boshqalar) tasniflanadi.
 
Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik T.ning eng muhim koʻrsatkichlaridir. T.ning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan (ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar) mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. T.ning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. T.ning te jamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.
Qator 28:
T.ning taraqqiyot davri T. vositalarini yangilash surʼatini yanada tezlashtirish, buyumlarni standartlash va unifikatsiyalash, radiotexnika, elektronika, aviatsiya, kosmonavtika, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari, hisoblash T.si, axborotlar texnologiyasi va boshqa rivojlanishi bilan ifodalanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning rivojlanishi avtomat liniyalar va avtomat sexlar, avtomat zdlar yaratishga olib keldi, axborotlar texnologiyalari rivojlandi.
 
T.ni rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir. T.ni rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani, i. ch.ning muhim yutuqlari tabiiy va T. fanlari kashfiyotlariga tayanadi. T. fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi masalalar qoʻyadi. Fan va T.ning rivojlanib, ular orasidagi oʻzaro bogʻlanishni taqozo etadi. T.ning rivojlanishi mamlaktlarning geografik, iklim sharoiti va boshqalarga ham bogʻliq. Mac, Buyuk Britaniyada kemasozlik, dengiz va port ishlari T.si, Germaniyada stanoksozlik, togʻkon va metallurgiya T.si, Yaponiyada elektrotexnika va radioelektronika, Shveysariyada anik, asbobsozlik T.si, Finlyandiyada yogʻochtaxta sanoati T.si, AQSH va Rossiyada raketasozlik, kosmonavtika, Oʻzbekistonda gidrotexnika, kibernetika, toʻqimachilik, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi.mashinasozligi sanoati va boshqa rivojlangan. T. istiqbolida yirik ilmiy-texnika masalalari — insonning Quyosh sistemasidagi sayyoralarga uchishi, jahon miqyosida radio, telegraf, telefon va televizion aloqalarning rivojlanishi, yangi turdagi tibbiyot apparatlari va boshqalarning yaratilishi va fan yutuqlarini umumlashtirish talab qilinadi. T. taraqqiyotiga Arximed, A. Geron, I. Gutenberg , I. Fyodorov, X. Gyuygens, I. P. Kulibin, Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, G. Galiley, I. Nyuton, D. Uatt, Ye. A. Cherepanov va M. Ye. Cherepanov, A. Nartov, P. P. Anosov, D. Stefenson, P. Shilling , B. Yakobi, S. Morze, M. Faradey, D. Maksvell, D. I. Mendeleyev, G. Bessemer, R. Dizel, A. F. Mojayskiy, V. Rentgen,A. Eynshteyn, K. E. Siolkovskiy, S. P. Korolyov va boshqa katta hissa qoʻshgan. Sharqda T. taraqqiyoti Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ahmad alFargʻoniy kabi allomalar; keyinchalik Oʻzbekistonda I. F. Belyanskiy va V. P. Grabovskiy (televideniye) kabi ixtirochilar, Oʻzbekistonda FAFanlar akademiyasi akademiklari S. Azimov, R. Bekjonov, A. Vohidov, H. Raxmatullin, Oʻ. Rasulov, T. Rashidov, H. Usmonxoʻjayev, H. Fozilov, M. Oʻrozboyev,B. Qobulov, P. Habibullayev, M. Hamidxonov, M. Hojinova va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
 
Tursunboy Rashidov, Mirkomil Mirboboyev.