Uzumchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
k (via JWB)
Qator 10:
20-asr boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming ga tokzor bor edi. 20-yillarning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va togʻ etaklari mintakalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500—3000 ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.
 
Uzumchilik sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948-yilda tashkil etilgan hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va Uzumchilikning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning SamarkandSamarqand filialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.
 
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, SamarkandSamarqand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akad.akademik M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va boshqa uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.
 
Hozirgi Oʻzbekiston Uzumchilikda 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada Uzumchilik maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga moye maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. Uzumchilik yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmokdalar.