Xalq ijodi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎Adabiyot: Bot v1: Tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 17:
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
 
Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. [[Ibtidoiy sanʼat]]da paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—SamarkandBuxoro—Samarqand musiqa uslubi, Surxondaryo—Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar).
 
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang [[Xalq kuylarini qayta ishlash]]). Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud.
Qator 23:
Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil. Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi.
 
Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan. Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan. Keyinchalik ja. . miyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan. Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.
 
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun (umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki — dramatik (qahramonlik yoki romantik) va komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir.
Qator 29:
Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
 
Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha „Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“, xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“), „Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shim.Shimoliy Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda Markaziy va Jan.Janubiy Afrikada ommalashgan „Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar, karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va boshqa Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sa^na raqsi, Sharqda (jumladan, Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda qad. ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (qarang [[Yalla]], [[Xalfa]], [[Mavrigi]]). 1920-yillardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
Qator 35:
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
 
20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida [[Darvishbek Rahmonov]] ([[Yangiyoʻl]]), Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon), Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida [[Darvishbek Rahmonov]] ([[Yangiyoʻl]]), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona), Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev (SamarkandSamarqand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo) , Anvar Moʻydinov (Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq sirki jamoalarining ijrochilik mahorati sezilarli darajada oshib, repertuari anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha koʻriktanlovlarda qatnashib keladi. Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar.
 
Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi.
Qator 49:
Toshkent turar joy meʼmorligida ham tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan. Ikkinchi qavat markazida shiypon nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir xona bilan yonmayon yoki ikki xona oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha tashqi hovlining ikkinchi qavatida boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki hashamatli bezagi bilan qolgan xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin. Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita boʻlinma mayda tokchaband qilingan, qolgan boʻlinmalari kattakatta tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar ichiga binafsha va pushti rangda guldastalar ishlangan.
 
Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq meʼmorligida imorat devorlari guvala, paxsa va yogochli sinchdan quriladi. Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor mustahkam boʻlib, uning magʻzida taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli devor soni bilan belgilanadi. Shuning uchun SamarkandSamarqand uylari xonalarida ikki devor, Buxoroda — bir yoki ikki, Fargona va Toshxentda toʻrt devor qoʻshsinchli boʻladi. Tokchalar xoʻjalik buyumlarni saqlash, taxmonlar koʻrpatoʻshak va sandiqlarni joylashtirish imkonini beradi. Ular oppoq ganch hoshiyali boʻlib, mayda nafis naqshlar va ular zamiridagi kizil, koʻk, sariq ranglar xonaga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlagan.
 
Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga ega. Togʻning qiya yon bagʻrida joylashgan qishloqlar panoramasi uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi, loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda shakllangan. Shu sababli har bir viloyat togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar mujassamotini bir necha turga boʻlish mumkin.
Qator 56:
 
== Adabiyot ==
* Jirmunskiy V . M ., Zarifov X. T., Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos, M., 1947; Obi do v T., Dorbozlar qissasi, T., 1963; Qodirov M., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976; Nozilov D., Xalqmeʼmorchiligi, T., 1982; Karomatov F., Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—2kitob, T., 197883; Urolov A., Nozilov A., Toʻraqulov Sh., Qishloquylari, T., 1988; Oʻzbek folklori ocherklari, 1— 2j.lar, T., 1988—1989; Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1990; Abdullayev R., Obryadovaya muzika Sentralnoy Azii, T., 1994; Ibrohimov O., Oʻzbek xalq musiqa ijodi, T., 1994; Alpomish, T., 1999; Avdeyeva L., Oʻzbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001; Maʼnolar maxzani, T., 2001; Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O., Uzbekxalqmaqollari, T., 2002; Karimova R., Oʻzbek raqslari, T., 2003. Toʻra Mirzayev, Olimjon Bekov, Oʻtkir Tohirov, Poʻlat Toshkanboyev, Dodo Nozilov.
 
{{OʻzME}}