Fermentlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Ozgina tahrir.
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 5:
'''Fermentlar''' ({{lang-la|[[wikt:fermentum|fermentum]]}} — achitqi), enzimlar — [[Hayvonlar|hayvon]], oʻsimlik va [[Bakteriyalar|bakteriyalarning]] tirik [[Hujayra|hujayralaridagi]] oqsilli [[katalizatorlar]]. Fermentlar maxsus xususiyatlari va [[Kimyoviy reaksiya|kimyoviy reaksiyalarni]] tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi (qarang [[Kataliz]]).
 
[[1914]]-yil rus-nemis kimyogari K.[[Gustav Kirchhoff|G.S. Kirxgof]] undirilgan arpa donidan olingan ekstrakt taʼsirida kraxmalni qandgacha parchaladi. [[1933]]-yilda fransuz kimyogarlari A. Payen va J. Perso birinchi marta arpa donidan [[Amilazalar|amilaza]] fermentini ajratib oldilar. 19-asr oʻrtalarida mikrobiologiyanint asoschisi L. Paster achish jarayonini tirik mikroorganizmlar (achitqilar) koʻzgʻatadi va bu jarayon ularning hayoti bilan bogʻliq deb koʻrsatdi. [[1897]]-yilda nemis kimyogari E. Buxner achitqidan spirtli achish jarayonini chaqiruvchi fermentni ajratib oldi.
 
20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari [[Vilshtetter Rihard Martin|R. Vilshtetter]] xodimlari bilan Fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. 20— 30-yillarda J. Samor, birinchi kristallik ferment (ureaza), soʻngra pepsin va boshqa bir qator proteologik Fermentlarni kristall shaklida ajratib olgan.