Provinsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarix: o'zim tomonimdan kamchiliklar tahrirlandi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 5:
Bu so'z lotincha "provincia" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, qadimgi Rimda [[Appenin]] yarim orolida joylashgan va Rimga bo'ysingan, [[Rim]] tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan hududlar shunday nomlangan.
 
"Provincia" so'zi lotincha pro - ("nomidan") va vince - ("ustidan nazorat qilish") so'zlaridan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki provinsiya deb Rim nomidan boshqariladigan hududga aytilgan. Rim imperiyasi provinsiyalarga bo'lingan.<ref>{{citeveb webmanbasi |url=https://www.etymonline.com/word/province |title=Etymology, origin and meaning of province by etymonline}}</ref>
 
===Tarix===
Fransiyada "en province" iborasi (o'zbekcha: provinsiyada) hozir ham "Parijdan tashqarida" ma'nosidini anglatadi<ref>{{citeveb webmanbasi |url=https://www.lalanguefrancaise.com/dictionnaire/definition/province |title=Définition de province, Dictionnaire français, La langue française}}</ref> O'xshash iboralar Peruda "en provinsias" (Limadan tashqarida), Meksikada "la provincia" (Meksika tashqarisidagi yerlar), Ruminiyada "în provincie" (Buxarestdan tashqarida), Polshada "prowincjonalny" (provinsial), Bolgariyada «в провинцията», «в провинциях»; «провинциален», «провинциальный». Bundan tashqari Avstraliyada "provinsial" iborasi shtat poytaxtidan tashqaridagi hududlarga aytiladi.
 
[[Fransuz inqilobi|Fransuz inqilobigacha]] Fransiyaning ba'zi qismlari provinsiya deb atalgan. Biroq ko'pincha provinsiya deb sobiq o'rta asrda tashkil etilgan knyazliklarni yoki ularning jamoalari yerlariga nisbatan aytilgan. Bugungi kunda "province" iborasi "en région", "région" iboralari bilan almashib ikkinchi darajali hukumatga nisbatan ishlatiladi.
Qator 14:
Italiyada "in provincia" iborasi asosan "eng yirik mintaqaviy poytaxtlardan tashqarida" (Rim, Milan, Neapol va boshqalar) degan ma'noni anglatadi.
 
1719-1775 -yillarda privinsiya [[Rossiya]] imperiyasining ma'muriy-hududiy birliklaridan biri edi.
 
Shimoliy Amerikadagi ingliz kolonniyalari ko'pincha provinsiya deb atalgan. O'n uchta koloniyaning ko'pchiligidan kelajakda AQSHni tashkil topishida ishtirok etgan. Ularning barchasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'zlarini davlatlar ("shtatlar") deb e'lon qilishdi. [[Konnektikut]], [[Delaver]], [[Rod-Aylend]] va [[Virjiniya]] koloniyalari hech qachon "provinsiya" deb atalmagan.