Moldova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.7
MalikxanBot (munozara | hissa)
Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
Qator 1:
{{Moldova info}}
'''Moldova'''<ref>https://mfa.uz/uz/pages/o-konsulskix-okrugax-diplomat</ref> ({{Langlang-ro|Moldova}}), '''Moldova Respublikasi'''<ref>{{Citation |year= |title=arxiv nusxasi |url=https://www.president.md/eng/constitution |access-date=2022-03-21 |archivedate=2022-03-20 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20220320191647/http://www.president.md/eng/constitution }}</ref> ({{Langlang-ro|Republica Moldova}}) – [[Yevropa|Yevropaning]] janubi-sharqiy qismidagi davlat. [[Ukraina]] va [[Ruminiya]] bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km<sup>2</sup>. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). [[Aholi boʻyicha davlatlar roʻyxati|Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni]] va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi.
 
Poytaxti – [[Kishinyov]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tili – [[Moldavan tili|moldavancha]] Moldova konstitutsiyasiga koʻra; konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan – [[Rumin tili|rumincha]]<ref name="CCDecision 12.1013" />.
Qator 52:
Musiqasi oʻziga xos milliy folklor asosida shakllangan va qoʻshni xalqlar badiiy madaniyati bilan hamohang rivojlangan. Xalq qoʻshiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qoʻshiklarda qahramonlik va ozodlik gʻoyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qoʻshiklari bor. Eng koʻp tarqalgan xalq musiqasi doyna deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan joʻshqin va oʻynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholgʻulardan kobza, simbala, tilchali asboblardan doktorimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-yer va kaval (nay), chimpa, buchum kabilar bor. 19-asrda ilk kompozitorlar (G. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, [[Doga Yeujeniu|Ye. Doga]], dirijyorlardan T. Gurtovoy, D. Gʻoya, A. Samoile, xonandalardan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Biyeshu va boshqa mashhur. 1955-yil Kishinyovda Moldova opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmoniyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, "Doyna" xor kapellasi, "Jok", "Leutarlar", "Fluyerash" kabi ansambllar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda T. Cheban, M. Biyeshu va qator ansambllar gastrolda boʻlgan.
 
Teatr sarchashmalari xalq oʻyinlaridan boshlanadi. Kolinde-kolada deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman oʻyinlarda teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Iroziy (irodi) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (pehlivan, soptar)larning mahoratlarini namoyish etishlari va gayduklarning oʻziga xos teatri mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha koʻrsatishgan. 1816-yilda yozuvchi va maʼrifatchi G. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl koʻrsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrutssi, A. Russo, M. Kogelnichanu va boshqa dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan drama toʻgaraklari asosida Balta shahrida musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933-yilda Tiraspolda tashkil etilgan drama teatri (hozirgi Moldova akademik musiqali teatri)ning oʻzagi boʻldi. Endilikda Moldovada 14 teatr, shu jumladan, "Luchaferul" teatri, "Likurich" qoʻgʻir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, sirk va boshqa ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mualliflarning pyesalari bilan bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham sahnalashtirilgan. Teat_r arboblari orasida D. Dariyenko, N. Massalskaya, Ye. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkuryalarni koʻrsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi G. Muzichesku nomidagi sanʼat instituti tayyorlaydi. s Kino tarixi 1927-yildan boshlanadi. Oʻsha yili birinchi hujjatli film yaratildi. 1940-yildan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952-yilda xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957-yildan "Moldovafilm")ga aylantirildi. 1955-yilda birinchi moldavan filmi – "Moldova taronalari" (rejissyorrejissor A. Zolotnitskiy) dunyo yuzini koʻrdi. Shundan keyin "Ataman Kodr" (1958), "Kuzning soʻnggi kuni" (1965, rejissyorrejissor V. Derbenyov), "Qotillikda ayblanadi" (1969, rejissyorrejissor B. Volchek), "Lautari" (1971, rejissyorrejissor E. Lotyanu), "Yoningda erkak boʻlsa" (1978, rejissyorrejissor V. Gajiu) va boshqa yaratildi. Kino aktyorlaridan D. Dariyenko, M. Volontir, K. Tirseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. Moldovada 100 kinoteatr bor.
 
== Oʻzbekiston – Moldova munosabatlari ==