Satira: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Satira''' ([[Lotin tili|lotincha]]: satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan ([[yumor]], [[hikoya]] va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.
Satira [[Qadimgi Rim]]da lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar ([[masal]], [[epigramma]], [[burleska]], [[pamflet]], [[felyeton]], [[komediya]] va [[satirik roman]])ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi.
Satirik anʼanalar [[Sharq]] xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va [[Sharq adabiyoti]] shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "[[Ming bir kecha]]" zaminida, sanskritcha "[[Panchatantra]]", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek [[latifa]]lari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi)
== Yana qarang ==
|