Uygʻurlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Muzafus9 (munozara | hissa)
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 24:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Uygʻurlar''' - xalqhitoy bosqini ostida qolgan turk xalqlaridan,, XXRdagi [[SintszyanUygur muxtorSHarqiy rayoniningturkjston]] tub joy aholisi, soni 13.5 million. Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, [[Hindiston]], [[Afgʻoniston]] va [[Pokiston]]da yashaydi. Uyg'ur tilida gaplashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. [[Yapon tili|Yapon]] (Yutyanxeng), [[Fransuzlar|fransuz]] (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi miloddan avval 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi [[Xitoy]] manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"([[Turk]])larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil [[Szin]] (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. [[Hun xoqonligi|hun qabilaviy ittifoqi]] (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. [[Jujan xonligi|Jujan]](Avar) xonligi, keyinchalik [[Turk xoqonligi]] tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar Uyg'urlar tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, [[Xazarlar|xazarqasar]], xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryoning yuqori]] qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), [[Bosmillar|basmil]] (bashimi), [[Qarluqlar|qarluq]] (gelulu), sir, [[Tardushlar|tardush]], [[Tivalar|tuva]], quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.
 
Qadimda Uyg'urlarning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabila urugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. Uyg'urlarning togʻli hududlardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646-yil Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. Uygʻur O'rxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-asrda Uyg'urlarning Idiqut ([[Turfon]]) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-asrda uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.