Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k (via JWB)
Qator 33:
Fani va ilmiy muassasalari. K. — qadimdan ilm-fan yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 6—7-asrlardayoq astronomiya va meteorologiya kuzatuvlari olib borilgan, murakkab inshootlar qurilgan. 632—647 yillarda Sha-rqiy Osiyoda eng qad. rasadxona minorasi — Chxomsonde barpo etilgan. 718 yilda K.da soat kashf qilingan. 682 i. Sillada "Kukhaq" davlat oliy bilim yurti ochilgan va 717 yildan tibbiyot, mat., 794 yil dan astronomiya oʻqitila boshlagan. 11—13-asrlarda chinni idishlar va asboblar ishlab chiqarish rivojlangan. Shu davrda koreyslar xitoy ksilografiyasini oʻrganib, shu usulda 6 ming jilddan iborat budda qonunini nashrdan chiqardi. 1234—41 yillarda bosmaxonalarda metall harflar ishlatila boshladi.
 
15-asr oʻrtalaridan amaliy fanlar rivojlandi. K. olimlari "Dehqonchilik ilmi" nomli asarda oʻsha davr agronomiya bilimlari haqida maʼlumot berganlar. Yan Son Ji va boshqa-Koryoning tarixiy geogr. haritasini tuzishdi (1451). 1445-yil tibbiyot ensiklopediyasi nashr etildi. 15—17-asr lardaasrlarda tabiiy-ilmiy asarlar, jumladan, turli soha ensiklopediyalari paydo boʻldi. 15—16-asrlarda harbiy texnika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Li Sun Sin qarbiy kemalar, artilleriya qurollari tuzilishini takomillashtirdi. 19-asr da mat., astronomiya va terapiyaga oid ilmiy asarlar yaratildi. K.da falsafa, tarix, tilshunoslik fanlari ham qad. anʼanalarga ega. K.ni Yaponiya bosib olganidan keyin ilm-fan rivoji toʻxtab qoldi.
 
Adabiyoti milodning avvalida qad. K. folkloridan rivojlana boshlagan. 19-asr oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — xitoy adabiy tilining koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy iyeroglifi, keyinroq koreys alifbosida yozilgan "Ona-vatan qoʻshiqlari" (7—11-asrlar) K. adabiyotining qad. namunasidir, 11 — 14-asrlarda uning davomi — "Kore qoʻshiqlari" yaratildi. Sheʼriyatning vujudga kelishida Chxve Chxi Von (857) muhim rol oʻynadi. Li In No uni yanada rivojlantirdi. Badiiy nasr asta-sekin tarixiy adabiyotdan ajralib chikdi. Novella janriga Kim Si Sip (1435— 93) asos soldi. 1487-yil So Go Jon (1420—88) 130 kitobdan iborat "Sharq antologiyasi"ni tuzdi. Lim Je (1549— 87) satirik qissalar yozdi. 16—17-asrlarda tabiat goʻzalliklarini madh etuvchi va falsafiy sheʼriyat ravnak, topdi. 17—19-asrlarda koreys tilida koʻplab qissalar yozildi, dastlabki romanlar paydo boʻla boshladi, yangi nasr shakllandi. Dastlabki erkin sheʼrlarni Chxve Nam Son va Kim Ok yozdi. Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha toʻxtab qoldi; koʻpgina yozuvchilar qatagonga uchradi. 1919-yil qoʻzgʻoloni bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yoʻnalishlari koʻpaydi. Realistik romanlar paydo boʻldi (1934). Yapon reaksiyasi kuchaygan davrda tarixiy roman janri ommalashdi (30-yillarning 2-yarmi). Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun jangovar inqilobiy sheʼrlar, qoʻshikdar va kichik pyesalar yaratildi (1930-40).